Poytaxtimizda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida Chilonzor tumani aholisi uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Yurtimizdagi har bir islohot fuqarolarimiz hayotida uchrayotgan muammo va dolzarb masalalarni hal qilish, ularning turmush sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan.  

Shu ma’noda, kadastr tizimida soha mutasaddilari tomonidan tashkil etilayotgan sayyor qabullar ham fuqaro va tadbirkorlar murojaatlariga tezkorlik bilan yechim topish, davlat idoralarining xalqqa yanada yaqin bo‘lishiga munosib zamin yaratmoqda.  

Qabulda ishtirokchilarga dastlab O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati, unda nazarda tutilgan tartib-taomillar, qonun bilan aholiga yaratilgan imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi.  

30 dan ortiq fuqaroning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.  

E’tiborlisi, kelib tushgan aksariyat masalalar joyida hal etildi. O‘rganilishi vaqt talab etgan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.  

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor qabulda aholi muammolari o‘rganildi