Shu kunlarda bir guruh Malayziya hamda Indoneziya davlatlaridan kelgan sayohatchilar Buxoro bo‘ylab ziyoratlarini amalga oshirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi va Malayziya o‘rtasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar rejasiga asosan “Muslim-friendly tourism” standartlarini joriy etish borasida Malayziyaning SIRIM akademiyasi vakillaridan iborat delegatsiya Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif doirasida Malayziyaning SIRIM (Standard and Industrial Research Institute of Malaysia) akademiyasi mutaxassislari tomonidan “Muslim-friendly tourism” standartlarini o‘qitish bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Botirjon Shahriyorov, Turizm qo‘mitasi mas’ul xodimi Begzod Murodullayev, viloyat turizm boshqarmasi boshlig‘i Suhrobjon Bobokalonov hamda ushbu yo‘nalishdagi tadbirkorlik sub’ektlari va soha vakillari ishtirok etdi.

Seminarda malayziyalik ekspertlar tomonidan “Muslim-friendly tourism” tushunchasi, uning asosiy talablari, mehmonxonalar va restoranlar uchun qo‘llanilishi, shuningdek, “Halal” industriyasining zamonaviy turizmdagi iqtisodiy imkoniyatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, SIRIM akademiyasi vakillari “Muslim-friendly tourism” standartlarini joriy etish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, viloyat turizm sohasi vakillariga mazkur standartlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

– Shuni alohida ta’kidlash joiz, ziyoratgohlarning toza-ozodaligi, ibodat qilish uchun shart-sharoitlarning yetarli yaratilganligi, xalqning mehmondo‘stligi, milliy taomlarning o‘ziga xosligi, qolaversa, sayohat davrida xavfsizlikning yuqori darajada ta’minlanganligi meni hayratda qoldirdi.Sayohat qilgan musulmon davlatlari orasida meni maftun etgan yagona shahar bizda ulkan taassurotlar qoldirdi, – deydi mehmonlardan biri.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyohlarning sevimli maskani