Sayyohlar kelishi ko‘paymoqda
Jizzaxda viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi Buyuk Britaniyaning “PEARSON” kompaniyasi vakillari hamda hududda faoliyat olib borayotgan mehmonxona rahbarlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida viloyatga kelgan xorijiy sayyohlar soni 7 ming 500 nafardan oshgan. Bu ko‘rsatkich bundan uch yil avvalgiga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘p.
Seminarda viloyatga kelayotgan sayyohlar soni ortayotgani tufayli ularga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish, mehmonxonalar tarmog‘ini kengaytirish, sohada kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.
Turizm sohasining rivojida soha uchun malakali kadrlar tayyorlash va servis xizmatlari sifatini yaxshilashga turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi tomonidan alohida e’tibor qaratib kelinayotir. Shu maqsadda mehmon uylari egalarini o‘qitish, mehmonxona va xostellardagi xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv seminarlari davomiy tashkil etilmoqda.
Ushbu seminar ham shu maqsadda o‘tkazildi. Unda bu yo‘nalishda xorijiy kompaniyalarning tajribasi bilan tanishish ishtirokchilar uchun yanada foydali bo‘ldi.