Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida qirg‘izistonlik atoqli adib va publitsist, taniqli ijodkor Begijon Ahmedov ijodiga mansub “Sayyoh” kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

“Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri, taniqli jurnalist Ahmadjon Meliboyev, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva adabiyotda ijodkorlarning hamkorligi qalam ahlining faqatgina foydasiga, so‘z san’ati rivojiga, ezgulikka, ma’rifatga xizmat qilishini ta’kidladi.  

O‘tgan yili O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul qilingan Begijon Ahmedov samarali ijod qilib kelayotgan, o‘zbek-qirg‘iz adiblari o‘rtasidagi aloqalar rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan yozuvchilardan sanaladi.  

–Xalqimizda “Ko‘p bo‘lsa ham, yetmasa ham qabristonga bor!” degan naql mavjud, – dedi atoqli ijodkor Nurali Qobul. – Begijon Ahmedovning qahramonlari shu toifadagi, o‘zini, o‘zligini qidirayotgan insonlardir. Begijon Ahmedovning asl kasbi huquqshunos. Demakki, uning ko‘rganlarini ko‘plar ko‘rmagan. Ehtimolki, shu bois ham uning asarlari ta’sirchan va hayotiydir.  

–Begijon Mahmudovich ko‘ngli ochiq, sofdil, ajoyib inson, – dedi “Sharq yulduzi” – “Zvezda Vostoka” nashrlari bosh muharriri Sirojiddin Rauf. – Bu sofdillik Begijon Ahmedovning asarlarida ham mujassamdir. Yurakdan yozilgan asar albatta yuraklarga yetib boradi. “Sayyoh” ham ko‘ngilga yetib boradigan asardir. Hozirgacha bu asar dunyo xalqlarining 10 ta tiliga tarjima qilingan. Shu bilan birga, 30-40 ta davlatda “Sayyoh”ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bugun eng global masalalarni o‘rganayotgan insonning o‘zi, uning ruhiyati, ma’naviyati, inson mohiyati tadqiq etilmagan, mutlaqo  o‘rganilmagan. “Sayyoh” asarida Begijon aka aynan shu mavzuni, ya’ni insonni tadqiq etishni asosiy mavzuga olib chiqqan.  

–Insonning tabiati shundayki, u o‘zi haqida o‘ylamasdan, balki boshqalar, birovlarga baho berishni yaxshi ko‘radi, – dedi adabiyotshunos olim Zuhriddin Isomiddinov. – “Sayyoh”ning qahramoni tog‘u toshlarda yurib, o‘zligini anglashga, o‘zini axtarishga intilgan insondir. Bu asar intellektual adabiyot namunalaridan biri bo‘lishga da’vo qiladigan asardir.  

–Men bu gal O‘zbekistonga xalqaro kuzatuvchi sifatida keldim, – dedi qirg‘izistonlik adib Begijon Ahmedov. – Caylov juda yuqori saviyada o‘tdi. Unda barchaning – oddiy odamlar bilan xalqaro kuzatuvchilarning fikri yakdil bo‘ldi. Ayni paytda hech qanday qonunbuzarliklar ro‘y bermadi. Ijodkor sifatida shuni aytmoqchi edimki, inson umrining mazmuni o‘zgalarga yaxshilik qilishda, yaxshilik bo‘lganida ham, beminnat yaxshilik qilishda ekan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi sifatida ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash mas’uliyati mening  zimmamdadir.  

Tadbirda “Sayyoh” asari xususida batafsil so‘z yuritildi.  

Nazokat Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sayyoh” – o‘zlikni axtarish va anglash yo‘lidagi asar