Sayxunobod tumanida 500 nafardan ortiq ehtiyojmand oila farzandlariga maktab formasi tarqatildi
FOTOREPORTAJ
Yangi o‘quv yili arafasida Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimligi tomonidan 500 nafardan ortiq ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari maktab formasi bilan ta’minlandi.
Mazkur ezgu tashabbusning bosh maqsadi — yangi o‘quv yilini barcha bolalar uchun quvonchli va barakali boshlash, ularning bilim olishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlashdir. Maktab formasining beg‘araz taqdim etilishi nafaqat oilalarga moddiy yengillik berdi, balki farzandlar qalbida davlat va jamiyat e’tiborini yanada chuqur his qilishlariga sabab bo‘ldi.
- Farzandlarimizni bilimli, barkamol etib tarbiyalash — kelajagimizga eng katta sarmoya. Shu bois ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga bunday e’tibor doimiy davom etadi, - dedi tuman hokimi Komiljon Mullajanov.
[gallery-24976]
Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA