Hayotning o‘zi maktab. Uning so‘qmoqlaridan qoqilib, adashib, ba’zida boshi berk ko‘chalarga kirib qolasan, ammo intilgan, harakat qilgan, yangilikni mayoq deb bilganlar baribir manzilga yetadi.

Farg‘onalik tadbirkor Abdurahmon Niyozov ana shunday murakkab hayot yo‘lidan o‘tgan insonlarning biri. Dastlab “Sayqal” hususiy korxonasini ochib, nogironlar aravachasi ishlab chiqarishga kirishdi. Aholi o‘rtasida unga talab bor edi. Ammo O‘zbekistondek mamlakatga shunday aravachalar chet eldan keltirilardi.  

Tadbirkor mavjud aravachalarga nisbatan qulayroq loyiha yaratdi. So‘ngra kichik sex ochib uni o‘zi ishlab chiqardi. Asta- sekin tayanch va harakat aravachalaridan hatto xorijda yo‘q yoki kamyob nusxalarini ixtiro qildi. Bugunga kelib “Sayqal” kuniga 100-120 donadan 30 turga yaqin arzon mahsulot ishlab chiqarmoqda va bu ijtimoiy himoya tizimiga katta qo‘llovdir. Abdurahmon aka zamon talabiga asosan innovatsion g‘oyalarni amalda qo‘llayapti.

– 2025 yilda akkumulyatorli, ya’ni elektr uzatmali nogironlar aravachasi ishlab chiqarish boshlanadi, – deydi u.

Siz ko‘rib turgan qurilishi davom etayotgan ulkan bino yaqin vaqt ichida elektr uzatmali, ya’ni akkumulyator quvvati bilan harakatlanadigan nogironlik aravachalari ishlab chiqara boshlaydi.

Tadbirkor davlat yaratgan sharoitlardan ruhlanib, yana bir hayrli yangilikka qo‘l urdi. Toshdan, ha-ha, toshdan qog‘oz ishlab chiqaradigan zavod qurib foydalanishga joriy etdi. 2021 yilda esa Prezidentimiz uning ochilish tantanasida ishtirok etdi.

– Prezidentimiz Farg‘onaga kelib ketganlaridan so‘ng korxonani yanada kengaytirdik. Yangi uskunalar olib keldik. Bugun toshdan ishlab chiqarilgan qog‘ozni Bolgariya, Rossiya, Turkiyaga eksport qilyapmiz, – deydi tadbirkor. – Shu kunlarda ham Rossiyaga juda katta miqdorda eksport qilish davom etyapti.

Abdurahmon aka davlat rahbari bilan bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng yangi-yangi g‘oya va topilmalar izidan yurib charchamadi.

–  Bu yil toshqog‘ozni laminatsiya qildik, – deydi Abdurahmon aka. – Endi unga oziq-ovqat mahsulotlari qadoqlaydigan, masalan, muzqaymoq, margarin, qaymoq va boshqa mahsulotlar solish hamda o‘rash mumkin. Buning uchun tarkibimizda yana bir qo‘shma korxona ochdik va ishga tushirdik.

O‘zbekiston dehqonchiligi uchun suv zaxiralari yildan-yilga ozayib boryapti. Ehtiyoj esa ortmoqda. Davlat rahbari tejamkorlikning har qanday ko‘rinishini qo‘llayapti. Masalan, tomchilatib sug‘orish uchun subsidiyalar berilmoqda. Ichki ariqlarni betonlash ommaviy tus oldi. Shunda tadbirkor yana bir yangilikni joriy etdi: dunyo tajribasida ham kamyob bo‘lgan o‘rama beton qoplamalar ishlab chiqardi.

– Angliya, Rossiya, Xitoy davlatlaridan kelgan vakillar o‘zlari ishlab chiqargan o‘rama betonni sotib olishni taklif qilishdi. Lekin ular juda qimmat edi. 1 kvadrat metr o‘rama betonni Angliya 21, Rossiya 16, xitoylik tadbirkorlar esa 14 dollardan taklif qilishdi.  Dunyoga Al- Xorazmiy, Al-Farg‘oniy kabi buyuk zotlarni bergan xalqimiz shuni o‘zlari ishlab chiqolmaydimi, degan fikr menga tinchlik bermadi va uzoq izlanishlardan so‘ng o‘rama betonni texnologik talablar asosida ishlab chiqarishga erishdik, – deydi g‘urur bilan korxona rahbari. – Buning narxi esa 1 kvadrat metri 44 ming so‘mni tashkil etadi. Uni bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari, Farg‘onada esa So‘x tumanida qo‘llashmoqda. Agar dastlab u 6 markali bo‘lsa, hozir 8 markali betonlar ishlab chiqaryapmiz.  

Endi to‘rt kishi bir kunda bir kilometr ariqni betonlay oladi. Tez, arzon va sifatli. Buning uchun ariq tekislanadi, unga o‘rama beton yoyib solinadi, uch bor suvlangach u mustahkam beton kabi qotadi. Bunday beton ariq suvni tejab istalgan paykalgacha yetkazadi.

Shu yilning qisqa oylari ichida birgina Rossiyaga 16,5 ming kvadrat metr o‘rama beton eksport qilinibdi.  

Qahramonimizning o‘ziga xosligi shundaki, u chin ma’noda biron kun ham dam olib yotolmaydi. Izlanadi, kitob titkilaydi, kompyuter ko‘radi. Shu kunlarda O‘zbekiston suv xo‘jaligi uchun yana bir yangilikni taklif etdi. U o‘n minglab kilometrga cho‘zilgan zovurlardan foydalanish sifatini oshiruvchi va xizmat haqini arzonlashtiruvchi o‘rish agregatidir.

– Ariq- zovurlar ekskavatorlar bilan kavlab tozalanganda qamishlarni tomiri bilan yulib olib tashlamoqda. U bir ko‘rinishda chiroyli manzara beradi, ammo biroz vaqt o‘tganidan so‘ng zovur yonlarida tuproq ko‘chadi va zovurni sayozlashtiradi. Buning sababi shundaki, ekskavator qamishdan tozalayotganda tomiri bilan qo‘poradi. Tomirlar esa aslida armaturaga o‘xshab zovur qirg‘oqlarini ko‘chkidan saqlar edi. Biz ixtiro qilgan qamishdan tozalash texnologiyasi uni o‘radi, lekin tomirlari joyida qoladi, – deydi ixtirochi tadbirkor. – Natijada tuproq o‘pirilishi ro‘y bermaydi. Biz bu uskunani katta ekskavatorga ham, kichik ekskavatorga ham ilib ishlatadigan qilib yaratdik.

Korzinali o‘roq Yozyovon cho‘llarida dastlabki sinovdan o‘tdi. Zovur bo‘ylari qisqa vaqt ichida suv yo‘lini to‘sgan qamishlardan tozalandi. Tez va arzon.

Aslida bunday uskuna bilan hududlararo magistral yo‘l chetlaridagi hashak va yovvoyi o‘tlarni ham o‘rib olish mumkin ekan.

Xullas, “Sayqal”ga sayqal berayotgan Abdurahmon Niyozov go‘yo g‘oyalarga qaynar buloq, deysiz. Yangi yil rejalarini sir tutgan tadbirkor faqat tabrik bilan cheklandi:

– O‘zbekiston xalqini kirib kelayotgan 2025 yil bilan tabriklayman. Bu yil omadlar yili bo‘lsin. Prezidentimiz tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlayversin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/llVCTQjGvG4" title="“Sayqal” – ijtimoiy himoya tizimining tayanch korxonasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov(video,surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sayqal” – ijtimoiy himoya tizimining tayanch korxonasi (+video)