Tamshush qishlog‘i haqida eshitganmisiz?

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumaniga qarashli Sarchashma, G‘ilon, Ko‘l, Tamshush qishloqlari purviqor tog‘lar bag‘ridagi bahavo maskanlarda joylashgan. Sarchashma, G‘ilon va Ko‘l qishloqlarining tabiati, samimiy odamlari, dehqonchilik va bog‘dorchilikdagi tajribalarini ko‘p hikoya qilganmiz. Bu galgi sayohatimizni Tamshush qishlog‘iga uyushtirdik.  

Mazkur qishloq tuman markazidan taxminan 70-75 kilometr uzoqlikdagi Hisor tog‘ tizmasi bag‘rida joylashgan. Qishloqni oralab oqib o‘tuvchi Tamshush daryosi yil davomida to‘xtamaydi. Asosan tojik millatiga mansub aholi istiqomat qiluvchi ushbu qishloq o‘zining betakror tabiati, boldek shirin zilol suvlari bilan ajralib turadi. Shu yerlik oqsoqollarning aytishicha, Tamshush so‘zi dastlab “tangshush” ya’ni “tor joy” ma’nosini bildirgan. Keyinchalik aholi tilida sayqallanib, tamshush shakliga kelgan. Rostdan qishloqni yuqori nuqtadan kuzatsangiz ikki tomonini baland tog‘lar o‘rab turgan dara ichida joylashganiga guvoh bo‘lasiz.  

[gallery-12023]

Yo‘l olis va mashaqqatli bo‘lgani bois tong qorong‘isida yo‘lga otlandik. Har galgidek, “Hisorak” suv omboridan o‘tib, Hisorak MFY markaziga yetib bordik. U yog‘iga bizni doimgidek baland-past, o‘nqir cho‘nqir harsang toshli yo‘l qarshi oladi. Bizga qishloqqacha hamrohlik qilgan Hisorak MFY raisining ta’kidlashicha, bu yo‘llar har yili qo‘ldan kelgancha tekislanib, ta’mirlanadi, ammo bahorgi sel suvlari yana uni abgor holatga keltiradi. Raisning yana qo‘shimcha qilishicha Sarchashma, G‘ilon, Ko‘l va Tamshush qishloqlari turizm ob’ektiga aylantirilishi mo‘ljallanmoqda ekan, shuni hisobga olinsa yaqin kelajakda ushbu yo‘llar kapital ta’mirlanadi va sayyohlar uchun qulaylik yaratiladi.  

Xullas, quyosh baland tog‘ ortidan chiqib, zarrin nurlarini socha boshlagan mahal Tamshush qishlog‘iga kirib bordik. Tamshush daryosining ikki qirg‘og‘i bo‘ylab joylashgan qishloq manzarasi kishini lol qoldiradi. Qishloq oralab yurar ekanmiz daryoning shovullashi, yam-yashil bog‘larda bulbullarning xonishlari borliqni egallagan. Go‘yo daryo sozanda bo‘lib kuy chaladi, qushlar unga jo‘r bo‘lib hofizlik qiladi. Oqar daryo va bulbullarning birgalikdagi kuy-qo‘shiqlariga temirchilik ustaxonasidan kelayotgan bolg‘a va temirning tingkillagan sasi “Tong” kuyini mukammal holga keltiradi.  

Olisdan kelayotgan temir va bolg‘a jarangini izlab ustaxonaga yaqinlashamiz. Tog‘ sharoitiga mos tosh va paxsa devordan qurilgan ustaxona sandonidan ko‘mir cho‘g‘lari sachraydi. Otameros hunarni davom ettirib kelayotgan temirchi usta Hamroqul Navro‘zov ayni kunlarda har kuni tong oqarmasdan ishni boshlaydi. Boisi hozir ekin-tekin mavsumi. Qishloq xo‘jalik uskunalariga har qachongidanda talab katta.  

Temirchini suhbatga chorlaymiz.  U peshonasidagi terni belqarsiga artib, so‘z boshladi.  

– Bugun zamonaviy texnikalar rivojlanib ketgan bir paytda ham temirchiga talab bor, – deydi H.Navro‘zov. – Ota-bobomizdan qolgan meros. To‘g‘ri, daromadi u qadar katta emas, lekin ro‘zg‘or o‘tib turibdi, shukr. Qishloq xo‘jaligiga kerakli omoch tig‘i, o‘roq, ketmon, tesha, bel va hokazo hammasini yasaymiz. Bitta qishloqqa albatta bitta temirchi kerak. Biz ham bu ishlarni qilmasak kim qiladi. Hozir dehqonlarning barchasi dalaga chiqqan.    

Darhaqiqat, 1 ming 300 nafar aholi, 300 ga yaqin xonadonga ega Tamshush qishlog‘i odamlarining asosiy daromadi dehqonchilik, bog‘dorchilik va chorvachilikdan. U yerda yetishtirilgan olma va kartoshka juda xaridorgir. Qishloq yo‘llari tan olish kerak haqiqatda abgor holatda, ta’mirga muhtoj. Mashina u yoqda tursin, piyoda yurishga ham qiynaladi, kishi.  

Un mahsuloti bugun zamonaviy tegirmonlarda ishlab chiqarilayotgan bir paytda Tamshush qishlog‘i aholisi hali hamon suv tegirmonlaridan foydalanib keladi. Qishloqda yoshi 200 yildan oshgan suv tegirmoni bor va undan hali ham foydalanilmoqda. Kamoliddin Boymurodov ayni paytda 70 yoshni qoralab qolgan. Uning aytishicha ushbu tegirmonni otasidan qabul qilib olganiga ham 35 yildan oshibdi.  

– Men otamdan, otam esa otasidan qabul qilib olgan ekan, – deydi K.Boymurodov. – Hozir o‘g‘lim ishlatyapti. Xullas 5-avlodga xizmat qilyapti bu tegirmon. Hamma joyi, hatto binosi ham asl holida saqlangan. Vaqti soati bilan toshi va boshqa ehtiyot qismlarini almashtirib turamiz. Kuniga 1,5 sentnergacha bug‘doy yanchilib, un qilinadi.

Tepadan tortilgan quvurdan suv bosim bilan keladi va tegirmon parraklarini aylantiradi. Natijada zalvorli toshlar bir-biriga ishqalanib aylanadi. Mexanik harakatlanishga mo‘ljallangan bunday tegirmonga elektr toki kerak emas. Tegirmonchining aytishicha, ushbu tegirmonda tortilgan bug‘doy unining sog‘lik uchun foydasi katta. Ayniqsa, qandli diabet kasalligiga chalingan bemorlar bunday unlarning asosiy xaridori hisoblanadi.  

Qishloqning o‘rtasida yangidan qurilgan tibbiyot punktiga ko‘zimiz tushdi. Mahalla raisining ta’kidlashicha, qishloq yoshlari birlashib, ochiq byudjet tanlovida qatnashib, yutib olgan mablag‘i evaziga ushbu bino qad rostlabdi.  

– Ilgari polsiz, zax va pastqam binoda xizmat ko‘rsatar edik, – deydi Tamshush qishloq vrachlik punkti rahbari Rahmatilla Mirzayev. – Birlamchi tibbiy yordamni ham sifatli ko‘rsata olmasdik. Hozir zamonaviy binoga ega bo‘ldik. Birlamchi patronaj yordamni ko‘rsatyapmiz. Chunki olis hududda yashaymiz. Tez yordam yetib kelguncha ham birinchi yordamni ko‘rsatib turamiz. Statsionar davolanish uchun 3 ta koyka ham bor. Endigi navbat tibbiy uskunalarga nasib etsa mas’ullar tibbiy jihozlar bilan ta’minlab berishga va’da berdi. Xalqimiz  bundan juda xursand.  

Qishloqni aylanib, odamlar bilan suhbatlashib to‘ymaysiz. Qishloq manzarasi va samimiy odamlari haqidagi ko‘rgan kechirganlarimizni sizga ham ilindik. Nihoyat safarimiz qaridi va olam-olam taassurotlar bilan ortga qaytdik.  

O‘lmas Barotov,  

Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayohat manzillari