Langar qishlog‘i ajoyibotlari

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi Langar qishlog‘i tarixiy obidalarga boy. Qishloqdagi muhim va asosiy tarixiy obidalardan biri sanalgan Hazrati Langar ota ziyoratgohi haqida oldingi maqolalarimizda yozganmiz. Bu gal ushbu qishloqdagi boshqa ajoyibotlar ya’ni “Beshiktosh” va “Teshiktosh” haqida yozishni maqsad qilganmiz. Shu maqsadda fotomuxbir bilan manzil tomon yo‘lga otlandik.  

Yo‘l anchagina olis bo‘lsa-da, tog‘ tomon yaqinlashar ekanmiz dilga yoqimli tog‘ shabadasi uriladi. Qir-adirlar yashillikka burkangan. Kengliklarda qo‘y-qo‘zilar o‘tlaydi. Kechagina yog‘ib o‘tgan kuchli yomg‘irdan hosil bo‘lgan ko‘lmaklarda tiniq moviy osmon va pag‘a-pag‘a bulutlar aksi tovlanadi...  

Nihoyat dovonlar osha, Langar qishlog‘iga yetib keldik. Shu yerlik do‘stimiz Akbar Rahmonov bizni qarshi oldi va ertalabki choyga taklif qildi. Yo‘l olisligini hisobga olib tong qorong‘isida yo‘lga otlanganimiz bois, ertalabki nasibani rad eta olmadik. Tog‘liklar ertalabki nonushtaga sutdan tayyorlangan “shirchoy” berishar ekan. Odatda sutga shakar solib ichamiz, lekin tog‘ shirchoyiga sariyog‘, quruq choy va tabga ko‘ra tuz solinar ekan. Nima bo‘lganda ham ajoyib taom...  

Do‘stimiz Akbar Rahmonov yo‘l boshlaydigan bo‘ldi. Toqqa qarab o‘rmaladik. Bahor havosi tannoz kelinchakka o‘xshaydi. Bir qarasang quyosh charaqlab turadi, bir qarasang qora bulut qoplab sharros yomg‘ir quyib beradi. Kelganimizda ob-havo yaxshi edi. Toqqa chiqar ekanmiz, yomg‘ir tomchilay boshladi. Ammo borliq shu qadar maftunkorki, ko‘z quvnaydi. Shaharning diqqinafas muhitidan chiqib kelgan kishi, bu yerlarga kelganda o‘zga dunyoga tushib qolgandek bo‘lib qoladi.  

Yolg‘iz oyoq so‘qmoqlar bo‘ylab tobora yuqoriga ko‘tarilamiz. Yo‘l-yo‘lakay hamrohimiz biz borayotgan mo‘’jizaviy tosh haqida hikoya qilar ekan shunday dedi.  

– “Haqiqat” toshidan har kim ham o‘ta olmaydi. – deydi A.Rahmonov. – Aytishlaricha, kimning gunohi bo‘lsa tosh qisib qoladi. Ba’zi bir kishilarning tosh orasidan o‘ta olmaganiga o‘zim guvohi bo‘lganman.  

[gallery-11157]

Yomg‘ir borgan sari kuchaymoqda, ammo biz toshloq yo‘l bo‘ylab davom etdik. Taxminan bir soatlar chamasi yurgach manzilga yetib bordik. Bahaybat xarsang toshlar qalab qo‘yilganga o‘xshaydi. Ostida bir odam sig‘adigan tuynuk bor. Shu yerliklar bu toshni “Haqiqat” toshi deb ham atashar ekan. Go‘yoki undan o‘tgan odam gunohlardan soqit bo‘ladi. Qadimdan, balki islomgacha bo‘lgan davrdan buyon bu rivoyat xalq orasida yuradi.  

Undan teparoqda “Beshiktosh” deb ataluvchi tosh bor. Og‘irligi taxminan 30 tonnadan ziyod. Ammo qo‘l kuchi bilan bir uchidan bosilsa, bahaybat tosh yengilgina silkinadi. Buni ko‘rib hayratlanmaslikning iloji yo‘q. Amin bo‘lish uchun biz ham qimirlatib ko‘rdik. Ammo “Teshiktosh” dan o‘tib ko‘rishni imkoni bo‘lmadi. Boisi shu paytga kelib yomg‘ir kuchli yog‘a boshladi.  

Yomg‘ir biroz tingach pastga tushdik. Qishloqni oralab oqib o‘tuvchi chashmayu buloqlarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan Langar daryo bo‘yida qad rostlagan ming yillik azim chinor ostida to‘xtadik.  

– Qishloqda tabiat yodgorliklari ko‘p, – deydi A.Rahmonov. – Shulardan biri Sulton Vois bobo ekkan ming yillik chinordir. Yamoqli soy etagida qad rostlagan bu ulkan daraxt aytishlaricha bir marta yonib ketgach, o‘rnida qaytadan chinor o‘sib, bir metrdan so‘ng yana bir chinor ko‘kargan. Rivoyatlarga ko‘ra, Sulton Vois boboning volidalari boboning yoshligida qo‘liga kosov berib, “uchoqni kovla” desa, u yerga suqib xudoga nola qilgach, kosov ko‘kargan ekan. Qishloq chetidagi “Xukak”, ya’ni “Haqiqat toshi” nomini olgan teshik toshning tarixi ham Sulton Vois bobo bilan bog‘liq. U yurgan yo‘lida “xu xaq” deb xitob qilgani bois, uning har bir so‘zi toshlarda aks-sado bergan. Keyinchalik bu tosh “Xukak” deb atalgan.  

Shu qishloqlik ziyolilarning ma’lum qilishicha, necha asrlar davomida odamlar qishloqdagi Yamoqli soydan tuproq olib, sopol idish va tobutlar yasashgan. Chunki uning tuprog‘i nihoyatda toza. O‘rtadagi oqayotgan daryoning nomi Langar bo‘lib, qadimdan Chashma-ob deb atalgan. Chunki Jomdan Samarqandgacha chashmalar serob. Daryolar ham boshini chashmadan oladi. Har bir chashmaning suvi shifobaxsh. O‘z nomi bilan atalgan Qo‘tirbuloq suvidan ichib, unda cho‘milgan odam bir nechta darddan xalos bo‘lar ekan.  

Hamrohimiz yana bir ajoyib, qadimiy yodgorlikni ko‘rsatdi. Soy bo‘yida joylashgan hovli devori yonidagi katta toshga 40 ta katak o‘yilgan edi. Tosh yonida oyoq qo‘yadigan joy ham bor. Mahalliy aholining aytishicha, bu qadimgi qirq-chovut o‘yinining “taxtasi” bo‘lib, u zardushtiylar davrida o‘ylab topilgan. Bunday o‘yinlar asosan tegirmonlar oldida tashkil etilib, odamlar navbat kutganida qirq-chovut o‘ynab, vaqt o‘tkazishgan.  

Qadimshunos olim, akademik Rustam Sulaymonov ma’lumotlariga ko‘ra, Langar ota qishlog‘ida odamzod besh ming yildan beri yashab keladi. Qishloqdagi Gedalisoydan topilgan ba’zi topilmalar – bronzadan yasalgan dudama xanjar, kamon o‘qi uchi, qoratoshli qadimiy mozor, ikki dona ossuariy (sopol tobut), Langar Ota tarix muzeyi eksponatlari miloddan oldingi davrlarni aks ettiradi.  

Xulosa qilib aytganda, Langar qishlog‘ining biz bilgan va bilmagan sinoatlari, sarguzasht joylari, tarixiy obidalari har qanday kishini o‘ziga rom qilishi tabiiy. Ming eshitgandan ko‘ra, bir bor ko‘rgan afzal, deganlaridek, yo‘lingiz tushsa, Chiroqchi tumanidagi Langar qishlog‘iga bir kelib keting.  

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayohat manzillari