Manbalarda qayd etilishicha, Mavlono Muhammad Zohid o‘z davrining ulug‘ shayxlaridan biri, Xoja Ubaydulloh Ahror Valiy hazratlarining eng suyukli xalifalari bo‘lgan. Silsila omonati ya’ni, irshodnomani hazrati Ahror Valiydan olgan.

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi Kichik Vaxshivor qishlog‘ida u zoti oliyga qurilgan maqbara muqaddas ziyoratgohga aylangan. Mavlono Ya’qub Charxiy rahmatullohi alayhining nabiralari, ya’ni qizlarining o‘g‘li bo‘lgan Xoja Muhammad zaif vujudli, oppoq rangli va siyrak soqolli, o‘z zamonasida ilm va taqvoda tengsiz zot sifatida ta’riflanadi. 

Xoja Muhammad Zohid rahmatullohi alayhi yoshliklarida o‘z-o‘zlaridan ibodat, taqvo va zohidlikka berilib, keyinchalik bir murshidi komilga ehtiyoj seza boshlaydi. Shunda Xoja Ubaydulloh Ahror rahmatullohi alayhni izlab, safarga otlanadi. Bundan xabar topgan Xoja Ubaydulloh Ahror u zotni kutib olish uchun uloviga minib, shahar tashqarisiga chiqadi. Tasodifni qarangki, ikkovlari so‘lim daraxtzor qo‘ynida uchrashib, shu yerda bir-birlaridan xol-ahvol so‘rashgach, ustozdan saboq olishni boshlaydi. 

Tariqat ahlining yirik namoyandasi, naqshbandiylar rahnomasi bo‘lgan Xoja Ahror Valiy Muhammad Zohidning o‘ta qobiliyatli va ziyrakligini ko‘rib, katta e’tibor bilan dars o‘tadi. Saboqlar tez nihoyasiga yetgach, ul zotga irshod uchun ijozat beradi. Bu ikki buyuk ajdodimizning birinchi va so‘nggi muloqotlari bo‘lgan. Shundan so‘ng Muhammad Zohid o‘z davrining ulug‘ olimi, adibi, shoiri, orifi sifatida tanilgan. Milodiy 1529 yilda vafot etgan. 

Buyuk allomaning betakror tabiat manzaralariga boy tog‘li go‘shada mangu qo‘nim topgan so‘lim maskani obod ziyortgohga aylangan. Muqaddas bu joyni nafaqat mamlakatimiz balki, butun musulmon olami dunyosi davlatlaridan kelayotgan sayyohlar ham ziyorat qilib, ul zot bilan g‘oyibona suhbatlashishga, ma’naviy ozuqa olishga oshiqadi.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayohat manzillari: Mavlono Muhammad Zohid haqida eshitganmisiz?