Yurtimiz go‘zalligi, boy tabiatini tariflashga gohida so‘z topolmay qolasan. Yana bir jihati har bir viloyat, tuman va kentlarning o‘z mezoni, o‘ziga xos tomonlari mavjud.

Misol uchun Samarqand quyoshga tenglashtirilgan noni, Jizzax somsasi, Qashqadaryo tandiri, Toshkent esa sayroqi oshi bilan nafaqat yurtimizda balki dunyo kezgan xorijliklar orasida ham mashhur. Parkentning mador somsasi ham mashhurlikda ulardan qolishmaydi. Ayniqsa, erta bahorda Parkent somsasiga talab yanada ortadi.  

Yurtboshimiz yig‘ilishlarning birida tadbirkorlarga Parkent somsasini Toshkent shahri aholisiga ham yetkazish haqida taklif bergan edi. Shundan so‘ng shahar markazlarining turli joylarida tandirlar qurilib noyob o‘simlikdan somsa tayyorlanib aholiga yetkazib berish ishlari boshlandi. Gap hozir u haqda emas. Balkim bahavo Parkent tumanining So‘qoq qishlog‘ida bunyod etilib, ish boshlagan sihatgoh haqida.  

Erta bahor So‘qoq qishlog‘i tomon yo‘lga otlandik. Yo‘lning ikki chekkasi bo‘ylab qurilgan tandirlardan uzilayotgan somsalarga navbat katta. Bir manzilga keldik va joylashib tushlik tadorigini ko‘rdik. Manzarani kuzatish chog‘ida adirlikning yuqori qismida qad rostlagan uch qavatli binoga ko‘zim tushdi. Kechga tomon o‘sha joyni ko‘rish uchun yuqoriga chiqdim. Haqiqatdan juda go‘zal maskan. Yuqoridan butun manzara kaftdek ko‘rinib turibdi. Esayotgan shabada kishi dilini ravshan etib tanaga huzur bag‘ishlaydi. Maskanga “Sayohat” deb nom berilibdi. Sanatoriy bilan yaqindan tanishish maqsadida ichkariga kirdik.  

Sanatoriy joriy yilning mart oyidan ish faoliyatini boshlagan. Maskan dam olish va sog‘lomlashtirishga mo‘ljallangan. Unda 74 o‘rinli yotoqxona bor ekan. Xonalar zamonaviy jihozlangan. Bu yerda 23 kishi ish bilan ta’minlangan. Malakali xodimlar, Ohista Obidova, Surayyo Saydullayeva kabi o‘z ishiga mehr qo‘ygan hamshiralar dam oluvchilar xizmatida.  

Sihatgohda elektroforez, elektro uyqu, ultra tovush, dorili ingalyatsiya, tubus, parafin, fito bochka, massaj, tuzli g‘or, ozon-terapiya. fito bar kabi o‘ndan ziyod muolajalar doimiy dam oluvchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, sport zali ham mavjud bo‘lib unda turli sport o‘yinlari bilan shug‘ullanish imkoni yaratilgan. Ish yurituvchi xodimning aytishicha, gidro massajga mo‘ljallangan vannalar ham dam oluvchilarga taqdim etiladi. Shuningdek, shinam oshxonada mohir pazanda Jamola Fayzixo‘jayeva boshchiligida tayyorlangan vitaminlarga to‘yingan taomlar dam oluvchilarga manzur bo‘lmoqda.  

Parkent tumanida ham xushovoz xonanda va sozandalar talaygina. Kechki taomdan so‘ng dam oluvchilarning ko‘nglini yanada ko‘tarish maqsadida navozanda-yu, sozandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar yangraydi. Xonandalar tomonidan ijro etilgan har bir kuy-qo‘shiqlar dam oluvchilarga manzur bo‘lmoqda.  

Asror Sulaymonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sayohat” ga sayohat qiling