Yangi O‘zbekistonda fuqarolarning siyosiy faolligi, yaratuvchanlik ruhida yashashi hayot taqozosi, ijtimoiy zaruratga aylanib ulgurdi. bugungi kunda fuqarolarimiz nafaqat islohotlar ishtirokchisi, balki tashabbuskoriga aylanib bormoqda.

Saylovlar mana shunday faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon qilishning muhim vositasi, demokratik tizimning ustunlaridan biri hisoblanadi. Saylovlar orqali fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda, davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirishga o‘z xohish irodalarini bildirish orqali ishtirok etadi.

Xo‘sh, demokratik jamiyatda saylovning o‘rni qanday? Demokratiya bu, teng huquqli insonlar guruhidir, shunday ekan har bir saylovchining saylovda ishtiroki ham, ularga ovoz berish yoki bermaslik ham teng huquqli va ixtiyoriydir.  

Ma’lumki, joriy yilda davlatimiz va xalqimiz hayotida muhim siyosiy jarayon – Prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 8 fevraldagi “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun bilan nafaqat bir qator qonunlarga, balki, Bosh qomusimiz hisoblangan Konstitutsiyaga ham o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga muvofiq, endilikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyat, tuman, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi emas, balki oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni demokratik tarzda ochiq va oshkora o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq masalalar alohida huquqiy tartibga solingan.  

Davlatimizning jahon hamjamiyati bilan do‘stona, yaqin munosabatlarga kirishishi va halqaro nufuzi oshib borayotganligi, qonunlarimizning xalqaro umume’tirof etilgan normalariga muvofiqlashtirib borilayotganligining tasdig‘i sifatida, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining tavsiyalari asosida ham bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartishlar jumladan, saylov komissiyalarining nomzodlarni saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga oid vazifasi chiqarib tashlanishi, saylovoldi tashviqoti davrida davlat resurslaridan foydalanish taqiqlanishi, saylov natijalarini e’lon qilish muddatlarining asossiz cho‘zilishining oldini olish maqsadida saylov komissiyalari qarorlari ustidan shikoyat muddati 10 kundan 5 kunga qadar qisqartirilishi va siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqoti uchun ajratilgan mablag‘lardan foydalanishning shaffofligini ta’minlash maqsadida ular tomonidan saylovdan oldin oraliq va saylovdan so‘ng yakuniy moliyaviy hisobotlarni, shuningdek, Hisob palatasining partiyalar faoliyatini tekshirish natijalarini e’lon qilish tartibi joriy etilishida ko‘rishi mumkin.

Bundan tashqari, milliy ekspertlar tavsiyalari bilan ishlab chiqilgan takliflar asosida xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari instituti tugatilib, ularning vakolatlari tuman, shahar saylov komissiyalari zimmasiga yuklatildi.

Umumiy tartibga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi fuqarolarning ovoz berishiga asoslanadi. Ovoz berish – har bir fuqaroning davlat rahbarini saylashdek konstitutsiyaviy huquqini realizatsiya qilishning shaklidir. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi Saylov kodeksi bilan kafolatlanadi.

Prezident saylovi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga asosan, saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadir.

Umuman olganda, saylovlarda qatnashayotgan saylovchilarning doimiy ravishda o‘z siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirib borishi ularning jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtiroki, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, internet tarmog‘i orqali doimiy yoritilayotgan saylov jarayoni bilan bog‘liq yangiliklarga beparvo bӯlmasligi davlatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalardagi keng qamrovli islohotlarning natijasi oshishiga xizmat qilishi shubhasiz. Shuning uchun davlatimizning ertangi taqdiriga befarq bo‘lmagan har bir fuqaro saylov jarayonlarida faol ishtirok etishi muhimdir

Q.Yusupov,  

Navoiy davlat konchilik instituti  

Nukus filiali direktori ӯrinbosari.

O‘zA  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylovlarda fuqarolar faolligi muhimdir