Saylovda barcha birdek ovoz berishga haqli
7-Samarqand saylov okrugiga qarashli 106-saylov uchastkasida ham saylov jarayonlari boshlandi.
Samarqand shahrining “Darg‘om” mahallasidagi 1349 nafar saylovchiga xizmat ko‘rsatishi belgilangan uchastkada hududdagi ko‘zi ojizlar jamiyatining 78 nafar a’zosi ham ovoz beradi.
E’tiborlisi, ko‘zi ojiz fuqarolar ilk bor muhim siyosiy jarayonda o‘z munosabatlarini erkin bildirmoqda, ya’ni brayl yozuvidagi trafaretlar orqali ular mustaqil ravishda o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz bermoqda.
[gallery-4381]
– Avvallari saylovda ishtirok etish uchun o‘zgalar ko‘magidan foydalanishga majbur bo‘lardik, – deydi 1-guruh nogironi Ochil Abdujabborov. – Endi esa byulleten bilan o‘zimiz mustaqil tanishib, fuqarolik huquqimizdan foydalanyapmiz. Bu ham yurtimizdagi demokratik islohotlarning yorqin ifodasi, deb bilaman.
G‘.HASANOV,
A.ISROILOV (surat), O‘zA