O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan shu kunlarda mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda qatnashish uchun siyosiy partiyalar tomonidan imzo to‘plash tadbirlari tashkil etilmoqda.

Mamlakatimiz saylov qonunchiligiga ko‘ra, siyosiy partiyalar saylovdagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlovchi kamida 40 ming saylovchining imzosini to‘plashi zarur. Saylovchilar bitta yoki bir nechta siyosiy partiyani qo‘llab-quvvatlab, imzo qo‘yishga haqli. Bu o‘z navbatida saylovda sog‘lom raqobat uchun sharoit yaratishga xizmat qiladi.  

Mazkur jarayon Andijon viloyatida ham qizg‘in davom etmoqda.  

O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyati Kengashi tomonidan joylarda reja asosida o‘tkazilayotgan imzo yig‘ish tadbirlarida fuqarolar faol qatnashmoqda. Jumladan, Xonobod shahrida o‘tkazilgan imzo yig‘ish tadbiriga mahalla faollari birinchilardan bo‘lib chiqdi. Jarayonda fuqarolar partiyaning saylovdagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlashi, “Adolat” SDPning faoliyati, maqsad va g‘oyalari to‘g‘risida o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirdi. Partiyaning jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ta’lim tizimiga o‘zgartirishlar kiritishga qaratilgan tashabbuslari jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otayotganligi alohida qayd etildi.

[gallery-18587]

– To‘g‘risi, avvallari siyosiy partiyalar faoliyatiga u qadar e’tibor qaratmas edim, – deydi xonobodlik fuqaro O‘tkirbek Zokirov. – Tibbiyot sohasini isloh qilish, aniqrog‘i, sifatsiz dori vositalari savdosiga qarshi tashabbus va takliflar bilan chiqayotgan “adolatchilar” menda qiziqish uyg‘otdi. Bugun ushbu partiyani saylovda ishtirokini qo‘llab-quvvatlab, imzo qo‘ydim. Ishonamanki, yurtdoshlarimiz mazkur jarayonda faol ishtirok etadi.  

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, xususan, partiyaning Andijon viloyat, tuman, shahar Kengashlari vakillari ham jarayonga mas’uliyat bilan yondashmoqda. Bunda asosan, partiyaning faol a’zolari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari vakillari, mahalliy Kengashlar deputatlari, “Ayollar” va “Yoshlar” qanotlari mutasaddilari, partiyaning g‘oya va maqsadlariga xayrixoh bo‘lgan yurtdoshlarimiz mahallalarda, ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lib, aholiga saylovning dastlabki bosqichi – imzo to‘plash tadbiri haqida ma’lumot bermoqda.  

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyati Kengashi tomonidan Andijon shahridagi “Navruz Mall” ko‘ngilochar savdo majmuasida tashkil etilgan imzo to‘plash tadbirida 100 nafardan ortiq partiya a’zolari, fuqarolar, yoshlar “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yishdi.  

[gallery-18583]

– Bugun jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanish, ayniqsa, Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonidagi o‘zgarishlarga hech kim befarq qaramasligi kerak, – deydi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyati kengashi raisi Homidjon Omonov. – Mazkur jarayonda har bir saylovchi o‘zlari ma’qul topgan partiyaning saylovda ishtirok etishi uchun o‘z imzosini berib, jarayonda faol ishtirok etishiga ishonaman.

Imzo to‘plash jarayonlari viloyatdagi tuman, shahar hamda mehnat jamoalarida qizg‘in davom etmoqda.

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (foto),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylovchilar o‘z partiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda