Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga ham oz muddat qoldi. Joylarda saylovga tayyorgarlik jarayonlari ketyapti.

Sirdaryo  viloyatining  barcha tuman va shaharlaridagi mavjud 239 ta MFY raislari uchun tashkil etilgan navbatdagi seminar-treningda  ana shu siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.  

Seminar-treningda saylov qonunchiligini takomillashtirish jarayonidagi o‘zgarishlar, uchastka saylov komissiyasi raisi va a’zolarining vazifasi, saylov uchastkalari faoliyati, u yerda saylovni tashkil etish jarayonlari, saylovchilar ro‘yxatini shakllantirish, muddatidan oldin ovoz berish huquqi, muddatidan oldin ovoz berishning nima uchun zarurligi haqida so‘z bordi.

O‘quv jarayonlari mobaynida siyosiy trenerlar tomonidan mahalla raislariga – saylov uchastkasiga tashrif buyurgan kuzatuvchilar, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari va OAV xodimlarini tegishli tartibda ro‘yxatga olish qoidasi, xalqaro kuzatuvni amalga oshirishning huquqiy asoslari hamda xalqaro kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari xususida qimmatli ma’lumotlar berildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylov qonunchiligi bo‘yicha seminar-trening