2024 yil 27 oktyabr kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlarining saylovi bo‘lib o‘tadi.

Saylov kodeksiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida saylov umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o‘tkaziladi. 

Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga ega.

Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadir.

Saylovda ishtirok etuvchi har bir fuqaro bir ovozga ega bo‘ladi. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas. 

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Saylov kodeksining 51-moddasiga ko‘ra, ovoz berish saylov kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish saylov kuni ushbu saylov uchastkalari joylashgan yerdagi mahalliy vaqt bilan soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyasi, agar ro‘yxatga kiritilgan barcha fuqarolar ovoz berib bo‘lgan bo‘lsa, ovoz berish tugaganligini istalgan vaqtda e’lon qilishi mumkin. 

O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan saylov uchastkalarida saylov qutilarini soat 20:00 dan oldin ochish va ovozlarni sanab chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Demak, 2024 yil 27 oktyabr kuni soat 08:00dan boshlab har bir saylovchi saylov uchastkasiga chiqib, ovoz berishi mumkin.

Saylovlarda ishtirok etish orqali biz o‘z konstitutsiyaviy huquqimizni amalga oshiramiz. Munosib nomzodlarga, partiyaga ovoz berish orqali jamiyat ravnaqiga hissa qo‘shamiz. 

Norgul Abduraimova, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Saylov-2024”: ovoz berish 27 oktyabr kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi