O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarga 2 kun qoldi. Saylovni tashkil etishga doir so‘nggi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Sizchi, hurmatli fuqaro, konstitutsiyaviy huquqingizdan foydalangan holda muhim tanlovga tayyormisiz?

Avvallari mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqeliklarga, qolaversa, har bir fuqaroning shaxsiy turmushiga bevosita bog‘liq bo‘lgan masalalarga lozim darajada e’tibor bergan emasmiz.

Misol uchun, mamlakatdagi vakillik organlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlarni olaylik. Axir parlament saylovlari haqida so‘z borganda, ko‘pchiligimiz, “Saylovlar menga nima beradi” deb, aytmasmidik? Bunday siyosiy tadbirga barcha birdek jiddiy munosabatda bo‘lib kelgan, deb kim ayta oladi?

Bugun zamon o‘zgardi, dunyoqarashimiz o‘zgardi. Xalqimiz ertangi kunga, atrofdagi voqeliklarga boshqacha ko‘z bilan qarashni boshladi. Yangi O‘zbekiston siyosati nafaqat mamlakatimiz qiyofasini, balki fuqarolarni ham dunyo qarashini tubdan o‘zgartirib yubordi.

2023 yil 30 aprelda o‘tkazilgan referendumda xalqimiz tomonidan juda ko‘tarinkilik bilan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining qabul qilinishi va katta orzu-umidlar bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etishning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlashga bo‘lgan xohish irodasi fuqarolarning siyosiy ongi, huquqiy madaniyati yuksak ekanligidan dalolat beradi.

Mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan bu yilgi parlament saylovlari targ‘ibot-tashviqotlarida ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar, qolaversa, ularning vakillari o‘rtasidagi bahs-munozara (debat)lar o‘ta yuqori saviyada tashkil etilganining guvohi bo‘ldik.

Tan olish kerak, saylovoldi targ‘ibot ishlarida “noan’anaviy janglar” ro‘y bergan bo‘lsa ham biroq ular tuhmat va bo‘htondan xolis bo‘ldi.

Chunki, demokratik saylov jarayonida odamlarni ijtimoiy-siyosiy faollikka da’vat etish, ularni buyuk kelajak sari ergashtirish, mustaqillik g‘oyalarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ularning ongiga singdirish har bir siyosiy partiyaning oliy maqsadi bo‘ldi.

Axir, demokratiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad ham fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini faollashtirish hamda huquq va erkinligini ta’minlash emasmi?

Bir narsani unutmaslik kerak. “Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bo‘ladi, bular – xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi, hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, shuningdek, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir.”

Mamlakatimizda joriy yilning 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan va Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasiga muvofiq, saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan barcha fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita ishtirok etish huquqidan foydalanib, qonun chiqaruvchi hokimiyat bo‘lgan parlamentimizni demokratik tarzda shakllantiradi.

Aziz saylovchi, bunday muhim vazifani bajarishga tayyormisiz?Unutmang, bu sizning konstitutsiyaviy huquqingiz, biroq ta’bir joiz bo‘lsa, farzandlar oldidagi burchingiz hamdir!

Abdumannob Rahimov,

O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyaviy sudi

sudyasi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Saylov-2024": muhim tanlovga tayyormisiz?