Saxovat yoʻlida birlashgan donorlar
Inson zoti yaralibdiki, ezgulik yoʻlida qilingan ishlar mudom ardoqlanib kelingan.
Inson zoti yaralibdiki, ezgulik yoʻlida qilingan ishlar mudom ardoqlanib kelingan. Kishilar oʻzlarining ijobiy xislatlari, muruvvatlari, yaxshiliklari bilan el ichra qadrlangan.
Bugungi tahlikali kechayotgan kunlarimizda bir-birimizga yordam berish, yelkadosh boʻlib suyash har qachongidan ham muhim hayotiy zaruriyatga aylandi. Har birimizning qalbimizdan chiqayotgan ezgulik nuri savobli ishlarimizni yana-da koʻpaytirishga chorlamoqda, desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Xususan, Oʻzbekiston “Adolat” SDP Toshkent shahar Kengashi xodimlari va deputatlari ham yuqorida tilga olingan xayr-saxovatli ishlarni yoʻlga qoʻyish borasida tinimsiz harakatdalar. Chunonchi, yaqinda Respublika qon quyish markazida jam boʻlishib, qonga muhtoj bemorlar uchun donor sifatida qon topshirishdi. Bu ham xayrli ishlarning bitta koʻrinishi, insonlarga yaxshilik ulashishning kichik bir ulushidir. Barchamizga ana shunday goʻzal ishlar, muruvvatli boʻlish nasib etaversin, illo!
Mehriniso BOBONAZAROVA,
Oʻzbekiston “Adolat” SDP
Toshkent shahar Kengashi
matbuot kotibi