"Saxovat" uyida keksalar uchun berilgan sariyog‘ aslida margarin bo‘lib chiqdi...
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlari jamiyatlari federatsiyasi, «O‘zstandart» agentligi bilan hamkorlikda Ohangaron "Saxovat" keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar internat uyida keksalar va nogironligi bo‘lgan bemorlarga berilayotgan mahsulot sifati borasida tekshiruv olib borilganda, bemorlarga berilayotgan sariyog‘ mahsuloti aslida margarin ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, hurmatli iste’molchilar, agarda sizning huquqlaringiz buzilsa, murojaatlaringizni 1091 qisqa raqami va @PotrebitelUz_bot orqali yuborishingiz mumkin.
O‘zA