I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyiga yana mashhur qoraqalpoq rassomi Jolliboy Izentayevning qizi, tajribali rahbar Gulbahor Jolliboyevna Izentayeva rahbarlik qiladi.

Ekspertlarning fikricha, bu tayinlov mintaqada va butun O‘zbekistondagi eng muhim madaniy ob’ektlardan birini rivojlantirishda yangi bosqich bo‘ladi.

- Bu mintaqa madaniy hayoti uchun muhim voqeadir. Dunyoda ikkinchi o‘rinni egallaydigan rus avangardining noyob kolleksiyasiga ega Savitskiy muzeyi yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda, – deydi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Tursunali Qo‘ziyev. – Gulbahor Izentayeva – yuqori toifali mutaxassis, u 2017-2021 yillarda muzey direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Uning qaytishi avval erishilgan yutuqlarni mustahkamlabgina qolmay, ushbu noyob madaniy markazning kelgusi farovonligini ta’minlagan holda yig‘ilib qolgan muammolarni samarali hal qilish imkonini beradi.

Dunyo e’tirofiga sazovor bo‘lishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan Savitskiy muzeyi bugungi kunda Markaziy Osiyodagi o‘z kolleksiyasi va bebaho san’at asarlari bilan faxrlansa arziydigan eng yirik muzeylardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda mahalliy va xorijiy sayyohlar e’tiborini jalb qilgan holda, muzey shuhrati ham keskin oshdi. 2024 yilda muzey 260 mingdan ziyod mehmonlarni qabul qilib, g‘aznaga 1,6 milliard so‘mdan ortiq daromad keltirdi.

So‘nggi uch yilda O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasining qo‘llab-quvvatlashi tufayli muzey yanada rivojlandi, muzey eksponatlari Fransiya, Ozarbayjon va Italiyaning yirik muzeylarida namoyish etildi. O‘ziga xos ko‘rgazmalar konsepsiyalarini ishlab chiqqan xalqaro dizayner va kuratorlar jalb qilindi, ilgari xorijda taqdim etilmagan noyob durdona asarlar namoyish etildi. Jamg‘arma bu jarayonga professional xalqaro restavratorlarni jalb qildi va 200 dan ziyod predmetlar qayta tiklandi.

Jamg‘arma xorijiy ko‘rgazmalardan tashqari, mintaqaning boy madaniy merosi va zamonaviy san’at tendensiyalarini aks etgan Savitskiy muzeyidagi noyob san’at asarlari ekspozitsiyasini yangilash tashabbusi bilan chiqdi.

Xalqaro va mahalliy olimlar tomonidan arxivlar tadqiq etildi, «Assouline Publishing» noshirlik uyi bilan hamkorlikda Savitskiy muzeyi kolleksiyalariga bag‘ishlangan ilmiy kataloglar va maxsus nashrlar chop etildi.

Yaqin yillarda Qozog‘iston, Milan, Nyu-York va Shanxayda O‘rol Tansiqboyevning ko‘rgazmalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Biroq, erishilgan yutuqlar bilan birga kamchiliklar ham borligi aniqlandi. Yong‘in tizimining noto‘g‘ri signalizatsiya berishi tufayli “Chelaklar ko‘targan ayol” kartinasiga ziyon yetkazilishi bilan bog‘liq holat, “Muzeyga sayohat” dasturini amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarning yetarli darajada o‘tkazilmagani muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish zarurligini ko‘rsatdi.

Malakali mutaxassislar yetishmasligi ham yangi rahbariyat oldida turgan vazifalardan biridir.

Tursunali Qo‘ziyevning so‘zlariga ko‘ra, Gulbahor Izentayeva va uning jamoasi bu kamchiliklarni tuzatish zarurligini yaxshi biladi.  

Yaqin oradagi muhim vazifalar — kadrlar salohiyatini kuchaytirish, xodimlar malakasini oshirish, yosh mutaxassislarni jalb qilish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish orqali taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirishdan iborat.

- Savitskiy muzeyi — bu nafaqat muzey, ayni damda u Qoraqalpog‘iston faxri, bebaho san’at asarlari va noyob tarix saqlanadigan o‘ziga xos xazinadir. Gulbahor Izentayevaning qaytishi muzey tarixida yangi sahifa ochadi, — deydi Tursunali Qo‘ziyev. – Uning boy tajribasi, professionalligi va madaniy merosni saqlash ishiga bo‘lgan fidoyiligi muzeyning yanada rivojlanishi va ravnaq topishiga umid beradi.

Xalqaro tashkilotlar va madaniyat sohasida rahbarlik lavozimlarida ishlagan boy tajribaga ega Gulbahor Izentayeva muzey faoliyatini yanada rivojlantirish, ommalashtirish va butun dunyodan ko‘plab sonli san’at ixlosmandlarini jalb qilish niyatida.

Ma’lumot uchun: Gulbahor Izentayeva Kiyev milliy universitetini tugatgan (43 yoshda), AQSHning Delaver universitetida magistr va  doktorlik darajasiga ega.

Bundan oldin UNDP ofisi rahbari, Markaziy ko‘rgazmalar zali direktori, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi raisi, I. V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining madaniyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha maslahatchisi,  YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari   maslahatchisi kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyida yangi tarix sahifasi ochilmoqda