Saudiya Arabistoni hukmron oilasi shahzodalaridan biri Al-Valid bin Xolid bin Talal Ol Saud avtohalokatdan so‘ng qariyb 20 yil komada yotib, shanba kuni jon berdi. Ushbu ma’lumotni Podshohlik idorasi tasdiqlagan.

Umrining juda ko‘p vaqtini hushsiz o‘tkazgan marhumni mamlakatda “uxlayotgan shahzoda” deb atashgan. Ahyon-ahyon uning sog‘ayib borayotgani haqida mish-mish tarqalardi-yu, tasdiqlanmasdi.

- Shahzodaning dafn marosimi bugun Ar-Riyoddagi Imom Turkiy ibn Abdulloh masjidida o‘tadi, - deyilgan bayonotda.

SPA agentligi yozishicha, 35 yoshli shahzodaning o‘limi haqida uning otasi Xolid bin Talal ijtimoiy tarmoq sahifasida ham yozgan. U 20 yil davomida hayot ulashuvchi moslamalarni o‘chirishdan bosh tortgan va o‘g‘lining komadan chiqishiga ishongan edi.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saudiyada shahzoda vafot etdi