Saudiya Arabistoni Podshohligining Toshkentdagi elchixonasi tomonidan uyushtirilgan “Catwalk” piyoda yurish tadbiri yo‘qolib borayotgan yovvoyi mushuksimonlarni asrab qolish, umuman atrofimizdagi jonivorlarga nisbatan ogohlikni kuchaytirishga qaratildi.

Poytaxtning so‘lim go‘shasi – Milliy bog‘ hududida ishtirokchilar 7 km masofani bosib o‘tdilar.

– 2021 yil malika Rima Bandar Ol Saud hazrati oliyalari g‘oyasi asosida tuzilgan “Catmosphere” jamg‘armasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan tadbirdan ko‘zlangan maqsad, yo‘lbars, qoplon, gepard, sher, arab leopardi, puma kabi yo‘qolish xavfi ostidagi jonzotlar muhofazasiga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, – dedi Saudiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yusuf Al-Utaybiy. – Taklifimizni inobatga olib, jamoamizga qo‘shilgan barchadan minnatdormiz.

– Tadbirda O‘mon Sultonligi, Pokiston Islom Respublikasi, Afg‘oniston,  Ukraina kabi qator davlatlar elchixonasi vakillari ham qatnashdi.

O‘zbekiston milliy bog‘iga birinchi kelishim, – deya taassuroti bilan o‘rtoqlashdi  O‘monning yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Vafo bin Jabr Nosir Al-Busaidiy majmuada amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirarkan. – Adiblar xiyoboni, Yozuvchilar uyushmasi binosi, Toshkent shahri tarixi muzeyi, “Magic sity” ko‘ngil ochar markaziga qizalog‘im Nuvar bilan alohida kelib aylanishni maqsad qildim. Bog‘ning qiyofasi, xiyobondagi mashhur yozuvchi va shoirlar haykallarini ko‘rib, O‘zbekistonning adabiyoti naqadar boyligini kashf qildim.

Yurish marafonida ishtirok etgan Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchixonasi madaniy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimi Muhammadsobir Turkistoniy Alisher Navoiy haykaliga hayajon ila boqarkan, g‘azal mulki sultoni tavallud kunida har yili kelib, yodgorlik poyiga gul qo‘yishini faxrlanib gapirib berdi. Uning 11 yashar o‘g‘li Bobur Turkistoniy o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, mashhur sulola asoschisi, Temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur avlodining davomchisi bo‘lgani uchun bobosi shu ismni qo‘yganini ta’kidladi.

– Men ham bog‘ni piyoda aylanib chiqdim, – deydi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani 11-maktabning 2-sinf o‘quvchisi Shahrizoda Abdullayeva. – Bugun dam olish kuni bo‘lgani uchun boqqa kelgan boshqa bolalar yuzimni ko‘rib, “qayerda chizdirsa bo‘ladi” deb so‘rashdi. Qiziquvchilar juda ko‘payib ketdi. Ularni tadbirda qatnashayotgan rassomning oldiga yetakladim. Biz, bolalarga ajratilgan joyda o‘tirib, pantera, puma kabi mushuksimon jonivorlar qiyofasiga rang berib, chiroyli bo‘yab chiqdik. Menga eng yoqqani barcha ishtirokchilar – katta-yu kichik bir xil kiyim kiygan.

[gallery-15915]

Darhaqiqat, tabiat turli insonlarni birlashtiradigan, qalbimizga osudalik baxsh etadigan beminnat dastyor. Tabiat qo‘yniga singib ketgan ishtirokchilarni kuzatib guvohi bo‘ldik-ki, hech kim hozir urf bo‘lgan uyali telefonga biror marta qaramadi. Hammaning fikri-zikri tezroq yurib, marraga yetish, elchixona tashakkurnomasini olishda bo‘ldi. Yashillikka burkanayotgan Ona tabiat esa hammani nim tabassum ila kuzatib turardi, go‘yo.

Muharrama Pirmatova,

Rustam Nazarmatov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saudiya elchixonasi Milliy bog‘da sayr uyushtirdi