Garchi mamlakatlarni azaldan tarixiy, madaniy va diniy rishtalar bog‘lab kelgan bo‘lsa-da, ulardan yaqin yillargacha unumli foydalanilmagan. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Saudiya Arabistoni bilan aloqalar batamom yangi darajaga olib chiqildi.

2016 yildan O‘zbekistonda boshlangan ochiq va konstruktiv tashqi siyosat sharoitida arab davlatlariga nisbatan qarashlar o‘zgardi. O‘zbekistonning arab davlatlaridagi tashqi siyosati mintaqa atrofida barqarorlik hamda xavfsizlik belbog‘ini barpo etish masalalarini o‘z ichiga olgan.

O‘zbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni podshohligi o‘rtasidagi gumanitar aloqalar asosan madaniyat, ta’lim, fan, sport va din kabi sohalarni qamrab oladi.

Har yili Saudiya Arabistoniga O‘zbekistondan ko‘plab insonlar borib, Haj va Umra ziyoratlarini ado etishmoqda, ularning soni yildan-yilga ortib boryapti.

O‘zbekiston-Saudiya aloqalari O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan asosiy vazifalar hamda Saudiya Arabistonida qabul qilingan “Vision 2030» (Nigoh 2030) dasturida belgilangan rejalarga muvofiq amalga oshirilmoqda.

“VISION 2030» DASTURI

“Vision 2030» (Nigoh 2030) nomi bilan ma’lum bo‘lgan dasturda 2030 yilgacha Saudiya Arabistonini misli ko‘rilmagan darajada rivojlantirish, uni Yaqin Sharqning mustahkam va mutlaq birinchi moliyaviy markaziga aylantirish, arab-musulmon dunyosida yetakchilik maqomini mustahkamlash va shu orqali jahonda yetakchi iqtisodiy kuch markazlaridan biri maqomiga erishish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.

Saudiya Arabistonining iqtisodiy kelajagi uchun poydevor vazifasini o‘tayotgan “Vision 2030» yangilanayotgan O‘zbekistonning ham iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

“Vision 2030» dasturi doirasida Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga yangicha nigoh bilan qarayotgani hamkorlik aloqalariga faollik tusini bermoqda. Hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida o‘ndan ortiq istiqbolli rejalar tayyorlanayotgani hisobga olinsa, O‘zbekiston-Saudiya munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga chiqdi, deb aytish mumkin. Binobarin, Saudiya Arabistoni O‘zbekiston energetika bozorida faollashmoqda.

2021 yilning 23 yanvarida Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni biznes-forumi va O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishida ham hamkorlik aloqalarini kuchaytirish bo‘yicha o‘nlab kelishuvlarga erishildi. Jumladan, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va podshoh Faysal nomidagi Islom tadqiqotlari markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

ARABISTONDA «O‘ZBEK DIASPORASI»

Arabistonda «o‘zbek diasporasi»ning vujudga kelishi Sovet tuzumining noinsoniy siyosati va mislsiz qatag‘onlari bilan bog‘liq. Sovet jamiyatida ziddiyatlarga to‘la, XX asrning 20-30 yillarida o‘zbek millati vakillaridan minglab kishilar xorijiy mamlakatlarga, jumladan, Arabistonga chiqib ketishga majbur bo‘lgan. Arab manbalarining ko‘rsatishicha, 1909 yilda buxoriylar soni Makkada 20 mingdan ziyodni tashkil etib, jami Makka aholisining 13,3 foizini tashkil etgan. Ular Makkadagi eng katta xorijiy diaspora deb tan olingan. 1917 yildagi oktyabr revolyutsiyasidan keyin bu raqam keskin oshib borgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Arabistonga borib qolgan o‘zbeklar asosan, avval Afg‘oniston va Xitoy Xalq Respublikasi hududida yashagan.

Arxiv hujjatlarining ma’lumoticha, XX asr 60 yillarida Saudiya Arabistoni va Misr Arab Respublikasida 37 ming sonli turkistonliklar yashagan. 

Manbalarda o‘zbek, tojik, turkman, qirg‘iz, qozoqlar birgalikda bir nom bilan «turkistonliklar» deb ataladi. Yurtdoshlarimiz o‘zlarining ism-shariflariga u yoki bu shaharlarimizdan birini qo‘shib aytishgan. Shuning uchun ular «Buxoriy», «Farg‘oniy», «Andijoniy», «Samarqandiy», «Marg‘iloniy», «Nasafiy», «Namangoniy» deb o‘zlarini tanishtirishlari bejiz emas. Ko‘p hollarda esa vatandoshlarimiz O‘rta Osiyodan ekanliklarini bildirish maqsadida «Turkistoniy», «al-Buxoriy» nomlarini o‘z ism-shariflaridan keyin qo‘shib qo‘yishadi. Islom dunyosida Imom al-Buxoriyning mavqei va obro‘lari shu qadar balandki, yurtdoshlarimiz O‘zbekistondagi qaysi joydan kelib chiqmasin, ularni «buxoriylar» deb atashadi. Saudiya Arabistonida ham «buxoriylar» ko‘pchilikni tashkil etadi. Avvalo, hozirda Saudiya Arabistonidagi o‘zbeklar soni haqida bir oz mulohaza bildirib o‘tsak. Biz uchratgan kitob va maqolalarda ular haqida turlicha ma’lumot beriladi.

«Muborak haj safari» kitobining muallifi Nurulloxon Hoji Abdulloh o‘g‘li «Saudiyada 400 ming atrofida o‘zbeklar yashaydi», deb yozadi. Saudiya Arabistoni fuqarosi, muhojir o‘zbek, marhum Abdulvohid Yassa «Jon ketar, vatan ketmas» maqolasida «Bu mamlakatda 350 ming o‘zbek, qozoq, turkman va tojiklardan iborat turkistonliklar bor», deb qayd qiladi.

Ba’zi ma’lumotlarda 500 ming, 700 ming o‘zbek Saudiya Arabistonida yashashi haqida xabar beriladi. Iste’fodagi general Burhoniddin Marg‘iloniyning ta’kidlashicha, Saudiya Arabistoni qurolli kuchlarida o‘zbeklardan chiqqan
15 general va 80 ga yaqin ofitser (mayor va polkovniklar) xizmat qilar ekan.

ILMIY-MADANIY ALOQALAR

2009 yil O‘zbekistonda Saudiya Arabistoni madaniyati kunlari o‘tkazilgan, javoban 2010 yilda O‘zbekiston tomoni ham xuddi shunday tadbirlarni a’lo darajada Saudiya Arabistoni poytaxti ar-Riyod hamda ikkinchi poytaxt maqomidagi shahar — Jiddada tashkillashtirgan edi. Unda o‘zbek milliy hunarmandchilik hamda tasviriy san’at namunalari ko‘rgazmasi, o‘zbek san’atkorlarining chiqishlari saudiyaliklarda juda chuqur taassurot qoldirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan Saudiya Arabistoni podshohligi Qirol Abdulaziz nomidagi Markaz o‘rtasida o‘zaro hamkorlik haqidagi memorandum ar-Riyad shahrida imzolangan. Bu – mazkur ikkala tashkilot o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun muhim zamin yaratdi. 

Saudiya Arabistoni tomoni institut qo‘lyozmalar fondi laboratoriyasini ta’mirlash uskunalari bilan jihozlash va xodimlarning malakasini oshirishga amaliy yordam ko‘rsatdilar.

Bundan tashqari, saudiyalik mutaxassislar institutga tashrif buyurib, qo‘lyozmalarni ta’mirlovchi xodimlarga master-klass o‘quv darslarini o‘tdilar. Ayni vaqtda institut xodimlari ham Saudiya Arabistoniga borib, u yerda qo‘lyozmalarni ta’mirlash borasida o‘zlarining malakalarini oshirib, o‘zlarining hamkasblari bilan uchrashdilar. 

Uchrashuvlar asnosida O‘zbekiston Respublikasida boy madaniy va ma’naviy merosimizni tadqiq etish borasida olib borilayotgan izlanishlar hamda ularning samaralari, xususan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, uning boy qo‘lyozmalari fondi va institutda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar hamda erishilgan natijalar, «Markaziy Osiyo olimlarining islom ilmlari rivojiga qo‘shgan hissasi», «O‘zbekistonning buyuk allomalari va shaharlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanlar» kabi mavzularda ma’ruzalar qilishdi. 

Bu esa o‘z navbatida vatanimizdan yetishib chiqqan Imom -Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy kabi buyuk allomalarimizning nafaqat islom, balki umumjahon sivilizatsiyasi qo‘shgan ulkan hissalarini kengroq yoritishga imkon berdi.

Podshoh Faysal nomidagi islom tadqiqotlari markazi rahbariyati Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalari asosida ajdodlarimiz boy merosini o‘rganish va nashr etishga katta e’tibor qaratdilar hamda uni hamkorlikda amalga oshirishga tayyorliklarini bildirdi. Pirovard natijada institut tashkilotchiligida Markaziy Osiyo mintaqasida Haj va Umra masalalariga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro anjuman o‘tkazildi va institut xodimlarining maqolalaridan iborat alohida to‘plam shaklida nashr etildi.

Ilmiy tadqiqot sohasida ham saudiyaliklar o‘z mamlakatlari tarixi va madaniyatiga oid O‘zbekistonda saqlanayotgan qo‘lyozmalarni hamkorlikda tadqiq qilish mavzusiga katta e’tibor qaratadi. Ayniqsa, qo‘lyozma fondlarimizda islom sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning arab tilidagi qadimiy asarlarini o‘rganish ikkala yurt tadqiqotchilari salohiyatlarini safarbar qilish uchun unumdor maydondir.

Xususan, diniy-dunyoviy ilm taraqqiyotiga mislsiz xizmat qilgan Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi olimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abulmuin Nasafiy kabi ulamolarning ilmiy merosini hamkorlikda tadqiq qilish ikki yurt olim va tadqiqotchilari uchun samarali bo‘ladi. Zero, ajdodlar merosini o‘rganish yo‘nalishida tajriba va fikrlar almashinuvi, muloqotlar, ilmiy bahslar o‘z natijasini beradi.

Chunonchi ar-Riyod shahridagi «Tadqiqotlar va ma’rifiy aloqalar» markazi tomonidan 2019 yil 9-11aprel kunlari 18 ta Osiyo davlatidan jami 90dan ziyod taniqli arabshunoslar ishtirokida birinchi «Osiyo arabshunosligi» konferensiyasini o‘tkazildi. 

Konferensiyada Osiyo arabshunosligining Yevropa arabshunosligidan ustun jihatlari namoyon bo‘ldi. O‘zbekistondan ishtirok etgan 7 nafar mutaxassis o‘zbek arabshunosligining turli qirralarini ochib berdi: O‘zbekistonda arabshunoslikning tarixi va bugungi kuni, O‘zbekiston ta’lim muassasalarida arab tilini o‘qitish holati, yurtimiz qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan arab qo‘lyozma asarlari, arab adabiyoti namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish muammolari, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk arab tilshunoslarining arabshunoslikka qo‘shgan hissalari kabi mavzular shular jumlasidan.

O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ilmiy tadqiqot sohasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator yo‘nalishlarda hamkorlik qilish mumkin. 

 Masalan, O‘zbekiston olimlari, xususan, arabshunoslari oldiga arab tilini mukammal o‘rganish va arab tilidagi qo‘lyozma manbalarini hozirgi zamon talablari hamda yoshlarimizni mazkur ilmiy yutuqlar bilan tanishtirishga javob beruvchi shaklda tayyorlash borasida qo‘yilayotgan vazifalarni amaliyotga tatbiq etishda keyingi yillarda Osiyo arabshunoslarining navbatdagi xalqaro konferensiyalaridan birining Toshkent shahrida o‘tkazilishi O‘zbekiston uchun arab mamlakatlari, xususan, Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan o‘zaro manfaatli aloqalari yanada rivojlanishiga qulay imkoniyat yaratadi.

«Yangi O‘zbekistonda yangi renessans istiqbollari» mavzusida saudiyalik mutaxassislar bilan xalqaro simpoziumlar tashkil etish, mamlakatlar qo‘lyozma fondlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvi, xususan yurtdoshlarimiz tomonidan XX asrning boshlarida Arabiston diyorlariga olib chiqib ketilgan qo‘lyozma manbalarning hamkorlikdagi tadqiqi yo‘lga qo‘yilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. O‘zbekiston ilm-fan va madaniyat kunlarini Saudiya Arabistonida o‘tkazish, ilmiy sohada olimlar o‘rtasida muloqot maydonini yaratish, diniy-dunyoviy ilm taraqqiyotiga mislsiz xizmat qilgan Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi olimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abulmuin Nasafiy kabi ulamolarning ilmiy merosini hamkorlikda tadqiq qilish ajdodlarimizning boy ma’naviy va ilmiy merosini yanada chuqur o‘rganish va targ‘ib qilish imkonini beradi.

Bahrom ABDUHALIMOV,

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti,

tarix fanlari doktori, professor

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saudiya Arabistonidagi o‘zbeklar, ajdodlar merosini o‘rganish yo‘lida hamkorlik, asriy aloqalarning bugungi rivoji