Saudiya Arabistoni jahon chempionatiga bepul chipta sovg‘a qilmoqda
Yaqinlashayotgan Jahon chempionati stadionlarining bo‘sh qolishi xavotiri fonida FIFA uchun kutilmagan yechim paydo bo‘ldi: Saudiya Arabistoni muxlislariga barcha o‘yinlar uchun bepul chipta sovg‘a qilmoqda.
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi AQSHdagi muxlislariga bo‘lajak jahon chempionati o‘yinlari uchun bepul chipta sovg‘a qilishini ma’lum qildi, deb yozadi The Sun nashri.
Mazkur qaror Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) ning 11-iyun kuni start oladigan va uch mamlakat: AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati uchun stadion to‘lmay qolishidan xavotiri fonida qabul qilindi.
Saudiya Arabistoni terma jamoasi 16-iyun kuni Mayamida Urugvayga ilk uchrashuvi o‘tkazadi. Guruh bosqichining ushbu o‘yini uchun chiptalar 3000 dollar atrofida sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni terma jamoasi FIFA reytingida 61-o‘rinni egallab turibdi. Turnir kelasi hafta boshlanishi arafasida federatsiya chipta narxi yuqoriligi muxlislarni xariddan to‘sayotgani uchun ham shu tizimni yaratdi.
Ayni payt federatsiya chipta siyosati bo‘yicha sud jarayoniga ham duch kelmoqda. Nyu-York va Nyu-Jersi bosh prokurorlari 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati vaqtida narx va o‘rindiqlar bo‘yicha noto‘g‘ri yo‘l tutilganini da’vo qilgan muxlislar shikoyatidan so‘ng tergov boshlagan.
G.Sattorova O‘zA