Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik kengaymoqda
Bugungi kunda Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi hamkorlik koʻlami kengayib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda faol hamkorlik qilib kelinmoqda. Turli darajadagi delegatsiyalar almashuvlari faollashmoqda.

Saudiya Arabistonning “QUSAIRE” kompaniyasi bosh direktori Abdul Aziz Al Qusayre qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini import qilish va tadbirkorlarimizga yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida Xorazm viloyatida boʻlib, viloyat hokimi F.Ermanov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda vohaning eksport va investitsiya salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ularga berilgan imtiyoz va preferensiyalar haqida toʻliq maʼlumot berildi. Mehmon qishloq xoʻjaligi, tibbiyot va turizmni rivojlantirish borasida katta qiziqish bildirdi.