Sarvinoz O‘zbekiston shaxmatchi qizlari orasida rekord o‘rnatdi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan iqtidorli shaxmatchi qizimiz Sarvinoz Bekmuratovaga ayollar o‘rtasida FIDE sport ustasi unvoni berildi.
E’tiborli jihati, 12 yoshli Sarvinoz xotin-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston tarixidagi eng yosh FIDE sport ustasi unvoniga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bundan yetti yil muqaddam, ya’ni 2019 yil Umida Omonova 13 yoshida mazkur unvonga sazovor bo‘lgan edi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA