Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan joriy yilning 5-6-noyabr kunlari Toshkentda o‘tkazilgan Xalqaro investitsiyaviy forum “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarni modernizatsiyalash, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, tarmoqqa xorijiy investorlarni yanada keng jalb etishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Forumda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining imkoniyatlari bilan yaqindan tanishgan xorijiy investorlarda Toshkent mexanika zavodi faoliyati katta qiziqish uyg‘otdi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 30-apreldagi “Toshkent mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq mazkur korxonada to‘rt yo‘nalishda 38 loyihani amalga oshirish belgilangan. Shundan 14 loyiha yuk va yo‘lovchi vagonlari, sovutgich va konteynerlar, butlovchi qismlar ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarga taalluqli. Eng muhimi, tashkil etiladigan ishlab chiqarish quvvatlariga 2018-yilning 1-yanvariga qadar soliq va bojxona imtiyozlari qo‘llaniladi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” va Fransiyaning “Alstom” kompaniyasi bilan asinxron tortishli elektr dvigatellari, Germaniyaning “Teichmann Group” kompaniyasi bilan yuk ko‘tarish mashinalari kranlari va mexanizmlarini modernizatsiya qilish, tiklash va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan imzolangan memorandumlarga muvofiq mazkur investitsiya loyihalari Toshkent mexanika zavodi bazasida amalga oshiriladi.

Hozirgi kunda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, 2016-yilda investitsiya loyihalarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, muhandislik-transport kommunikatsiyalarini ulash, qo‘shma korxona tashkil qilish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash va bitim imzolash ko‘zda tutilgan.

Forum doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati bilan Xitoy Xalq Respublikasining “XSMG” kompaniyasi o‘rtasida “Urganch ekskavator zavodi” aksiyadorlik jamiyatining 44,4 foiz ulushini sotib olish yuzasidan anglashuv memorandumi imzolandi. Ayni paytda “O‘zbekiston temir yo‘llari” mutaxassislari xitoylik investorlar bilan axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ygan.

2011-yilda Toshkent – Samarqand yo‘nalishida Ispaniyada ishlab chiqarilgan, ikki lokomotiv, sakkiz yo‘lovchi vagoni va vagon-restorandan iborat yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi. O‘tgan davrda ushbu zamonaviy poyezd yo‘lovchilarning uzog‘ini yaqin qilishda eng ommabop transport vositalaridan biriga aylandi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va ispaniyalik ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida yana ikkita “Talgo” rusumidagi poyezdni xarid qilish yuzasidan shartnoma imzolandi.

– Yangi poyezdlarda avvalgilardan farqli ravishda yo‘lovchi vagonlarini yana ikkitaga ko‘paytirish ko‘zda tutilgan, – deydi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining yuqori tezlikdagi yo‘lovchi poyezdlar harakatini tashkil etish va foydalanish boshqarmasi boshlig‘i Olim Qurbonov. – Natijada ikki lokomotiv, o‘n yo‘lovchi vagoni va vagon-restorandan iborat yangi poyezdda jami 287 yo‘lovchini tashish mumkin bo‘ladi. Temir yo‘llarni elektrlashtirish ko‘lami kengayishi hamda yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar sonining ortishi nafaqat Toshkent, Samarqand, Qarshi shaharlarida, balki boshqa hududlarda ham yo‘lovchi tashuvlarini eng zamonaviy talablar darajasida tashkil qilish imkonini beradi.

Investitsiyaviy forum doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik kompaniyasi xorijlik investorlar bilan umumiy qiymati qariyb 53 million dollarlik anglashuv memorandumlari va shartnomalar imzoladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sarmoyaviy hamkorlik istiqbollari