Prezident topshirig‘i – amalda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 16-17 noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Sariosiyo aeroportini qayta tiklab, parvozlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli topshiriq berilgan edi. 

Viloyatning Sariosiyo tumanidagi aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagi bundan 49 yil muqaddam foydalanishga topshirilgan. Bu yerdan 44 o‘rinli “An-24” va 30 o‘ringa ega “Yak-40” turdagi havo kemalari “Sariosiyo-Samarqand-Toshkent”, “Toshkent-Sariosiyo”, “Sariosiyo-Toshkent” va “Toshkent-Samarqand-Sariosiyo” yo‘nalishlarida kuniga ikki marta muntazam parvozlarni amalga oshirgan. 

Shu davrda aeroport infratuzilmasi eskirdi. Texnik holati yomonlashdi. Havo qatnovlariga talab pasaydi. Aerodrom majmuasi uchish-qo‘nish yo‘lagidan uzoq muddat foydalanilgani hamda zarur darajadagi parvozlar xavfsizligini ta’minlash, “ATR-72” rusumli va quyi toifadagi havo kemalarini qabul qilish va uchirish uchun aeroportni tubdan ta’mirlashga ehtiyoj sezildi. Fuqaro aviatsiyasi uchun yopib qo‘yildi. Bu vohaning Sariosiyo tumaniga yaqin Uzun, Denov, Oltinsoy va Sho‘rchi kabi tumanlari aholisi uchun ham qator noqulayliklarni yuzaga keltirdi. Yo‘lovchilar yengil mashinada o‘rtacha 2-3 soat yoki poyezdda 3-4 soat vaqtini ketkizib, Termiz xalqaro aeroportidan mamlakatimiz poytaxtiga uchishga majbur bo‘ldi.

Davlatimiz rahbarining bevosita e’tibori bilan qayta ishga tushirilayotgan aeroport endilikda nafaqat viloyatning shimoliy hududi aholisi, balki Sariosiyo tumanidagi dunyoga mashhur “Sangardak” sharsharasi, tumanning go‘zal tabiat manzarali so‘lim go‘shalari, boshqa sayyohlik manzillariga keladigan mahalliy va chet ellik turistlar, uzoq-yaqindan qavmu qarindoshlarini yo‘qlab keladigan mehmonlar uchun ham katta qulaylik yaratdi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, buning uchun aeroport aerodromining sun’iy sirtqi qismi to‘liq kapital ta’mirlanib, uzunligi 1 ming 550 metr, eni 35 metr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagining butun uzunligi bo‘ylab ikki qatlamda, yurish yo‘lagi va ikkita “ATR-72-600” samolyoti uchun to‘xtash joylari mavjud perroni asfalt-beton bilan mustahkamlandi.

Sifatli rekonstruksiya qilingan aeroport yaqinda “Silk Avia” aviakompaniyasining “ATR-72-600” samolyotida amalga oshirilgan birinchi texnik parvozni muvaffaqiyatli qabul qildi. 

Bu xushxabar voha aholisining qariyb 40 foizi yashaydigan Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy, Sho‘rchi tumanlari xalqiga bir olam quvonch ulashdi. 

– Sariosiyo aeroporti yopilgach, imkoni yetganlar yengil mashina yoki poyezdda viloyat markaziga borib, Termiz xalqaro aeroportidan poytaxtimizga uchishga majbur bo‘layotgan edi, – deydi mehnat faxriysi Muhammadi Davlatov. – Boshqalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yengil taksi yoki poyezdda 14-15 soat yo‘l yurib, Toshkentga borayotgan va ishini bitkazib ortga qaytayotgan edi. Bu holat, ayniqsa, bemorlar, keksalar va imkoniyati cheklanganlar uchun malol ham kelardi. Aeroportning qayta ishga tushirilayotganini eshitib, yoshu keksa birdek suyundi. Eshitishimizcha, tubdan o‘zgargan aeroportda uchish-qo‘nish yo‘lagi, yurish yo‘lagi va to‘xtash joylari asfalt-beton bilan mustahkamlanib, o‘rta sig‘imli havo kemalarini qabul qilish uchun tayyor bo‘libdi. Endilikda zarurat bo‘lganda hech ikkilanmay zamonaviy samolyotda poytaxtga bir zumda yetib olish mumkin. Bunday qulaylik yaratib berayotgani uchun davlatimizdan behad minnatdormiz.

Mutaxassislarning aytishicha, yangilangan aeroportga amalga oshirilgan ilk texnik reys aerodromga samolyotlarni qabul qilish va bu yerdan uchirish uchun tayyorligini keng namoyon etdi. Ayni paytda esa aeroportda bir yo‘la yuz nafargacha yo‘lovchini qabul qilishga mo‘ljallangan yangi terminal qurilishida so‘nggi bunyodkorlik ishlarini yakunlashga hozirlik ko‘rilmoqda. Bu ish nihoyasiga yetgach, yaqin kunlarda Sariosiyo aeroportiga muntazam reyslar amalga oshirilib, aholi qulay, ishonchli va tezkor havo kemalari xizmatidan foydalana boshlaydi. Aeroportning qayta tiklanishi yo‘lovchilarning uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qilish barobarida janubdagi vohaning transport infratuzilmasini yanada rivojlantirib, boy turistik salohiyatga ega hududga sayyohlarni yana ko‘proq jalb etishga xizmat qilishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sariosiyoga yana yo‘lovchi samolyot parvoz qiladi