Sariosiyo tumanining Sebzor mahallasida baliqchilik festivali bo‘lib o‘tdi.

Surxondaryo viloyat hokimligi va viloyat turizm boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan festival vohada baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirib, gastronomik turizmning mazkur yo‘nalishiga sayyohlar oqimini keng jalb etishga, xalqimiz azaldan luqmai halol, deb e’zozlaydigan baliq yetishtirish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishga xizmat qildi.  

Betakror tabiat manzaralari va suv havzalariga boy vohada baliqchilik yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Davlatimizning sohani qo‘llab-quvvatlashga qaratayotgan e’tibori hududlarda sun’iy ko‘llar ham barpo etib, parhez go‘sht ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qiziqishni oshirdi. Xorijning sadok va intensiv usullarida baliq parvarishlash joriy etilmoqda.

Baliqchilik aholini parhez go‘sht mahsuloti bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Baliq go‘shti tarkibi inson organizmi uchun zarur biologik faol, mineral va boshqa turdagi yengil hazm bo‘luvchi to‘yimli moddalarga boyligi bilan ajralib turadi.  

Shifokorlarning aytishicha, qonda zararli xolesterin miqdorini kamaytirib, tomirlar torayishi va tiqinlar paydo bo‘lishining oldini olishda yaxshi ozuqa sanaladi. Baliq tarkibida fosfor moddasi miqdori yuqori bo‘lgani uchun inson asab tizimi faoliyatiga yaxshi ta’sir etadi. Ishchanlikni oshirib, charchoqni yo‘qotadi. Tez-tez baliq iste’mol qiladigan kishi o‘zini tetik, bardam his qiladi. Tarkibidagi temir, yod, magniy, fosfor, ruh va boshqa vitamin hamda minerallar insonni semirtirmay, organizmga yetarli quvvat beradi. Yurak-qon tomir kasalliklari, suyak sinishlarida, behollik va jismoniy zo‘riqishda, qonda xolesterin darajasi ko‘tarilganda, kamqonlik, nevroz, jinsiy zaiflik, bo‘qoq, teri kasalliklari, podagra va revmatizm, ko‘rish qobiliyati pasayganda, insultdan keyingi davrda uning go‘shti juda foydali ekani aniqlangan.

Viloyatda baliqchilikning rivojlanishi aholini sifatli, arzon parhezbop go‘sht bilan ta’minlash barobarida sohani yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarning daromad manbaiga aylanayotir. Gastronomik turizmning shu yo‘nalishi yuksalishga yuz tutayotir. Baliqchilik va suv bo‘yi turizmi maskanlari barpo etilmoqda. Bunday so‘lim joylarga kelayotgan kishilar nafaqat hududning toza havosi va go‘zal tabiatidan bahramand bo‘layotir, balki ko‘llardan baliq ovlab, o‘zgacha zavq tuymoqda. Qovurilgan, bug‘da yoki qaynatib pishirilgan va boshqa usullarda tayyorlangan baliq taomlarini sevib tanovul qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda mahalliy iqlimga mos sazan, oqdumpeshona, oq amur, chipor do‘ngpeshona singari baliq turlari yetishtiriladi. Yilning o‘tgan davrida iste’molchilarga 15 tonnadan ortiq baliq yetkazib berilgan. Sariosiyo tumanidagi To‘palang daryosi o‘zining forel baliqlari bilan tanilgan.  

Vohada ilk marta o‘tkazilgan festival ham tog‘ irmoqlaridan hosil bo‘lgan “To‘palang” daryosi bo‘yida tashkil etildi. Bu yerda baliqchilik xo‘jaliklari, viloyatning tashkilot va korxonalari turli baliqlardan shirin taomlar tayyorlab namoyish etdi. 

 [gallery-20979]

– Festivalga kelgan mehmonlar uchun, shuningdek, Sherobod tumanidagi “Surxon” davlat qo‘riqxonasi, Sariosiyo tumanidagi “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i va boshqa agro, eko turistik maskanlar o‘zlarining sayyohlik salohiyatini ham keng targ‘ib qildi, – deydi viloyat turizm boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilmurod Hafizov. – Ishtirokchilar viloyatdagi baliqchilik xo‘jaliklari, baliq yetishtiriladigan suv havzalari hamda bu maskanlarda sayyohlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida yetarli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.  

Festival yakunida “Eng yaxshi oshpaz”, “Eng shirin baliqli taom” kabi yo‘nalishlarda tashkil etilgan tanlov g‘oliblari aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sariosiyoda baliqchilik festivali o‘tkazildi