Davlatimiz rahbarining 2023 yil 16-17 noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Sariosiyo tumanidan kichik turdagi havo kemalari orqali aholi va turistlar uchun mahalliy yo‘nalishlarda reyslarni yo‘lga qo‘yish hamda bozor tamoyillari asosida Termiz xalqaro aeroportidan mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda parvozlar geografiyasini kengaytirish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash doirasida Transport vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, “Uzbekistan airways” AJ va “Uzbekistan airports” AJning tegishli mutaxassis va ekspertlaridan iborat ishchi guruh «Let L-410» havo kemasida Toshkent-Termiz, Termiz-Sariosiyo, Sariosiyo-Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozlarini amalga oshirdi.

Ishchi guruh tomonidan Sariosiyo aerodromidan fuqaro aviatsiyasi parvozlarida foydalanish talablari, havo kemalarini qabul qilish imkoniyatlari o‘rganildi. Shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xalqaro normalariga muvofiq yo‘lovchi terminalini barpo etish va zaruriy infratuzilmani yaratish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

[gallery-15350]

Jonibek Qo‘zimurodov(surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozi amalga oshirildi