Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘i nazoratchilari yangi yilning ilk kunlarida Tamshush bo‘limida gullagan dorivor giyoh —qoqio‘tga duch keldi.

Ibn Sino qoqi o‘tning sutsimon shirasini ko‘zga tushgan oqni davolashda, jigardagi tiqinlarni ochishda, istisqo va chayon chaqqanda qo‘llagan. Xalq tabobatida qoqi o‘tdan bezgak, ishtahani ochish va ovqat hazm bo‘lishni yaxshilashda, tiqinlar, meteorizm, sariq kasal, gepatit, xoletsistit, bod kasali, qand kasalligi, qon bosimi, peshob chiqarish yo‘llari shamollashi va buyraktosh kasalliklarini davolashda, so‘galni olib tashlashda foydalaniladi.

Odatda bahorda gul ochadigan qoqio‘t quyuq ekstrakti qaynatmasi zamonaviy tibbiyotda ishtahani ochish, hazm qilish organlari faoliyatini yaxshilashda, safro haydovchi va qabziyatda yengil surgi dori sifatida ishlatiladi. Qoqi o‘t ekstrakti va quyuq qoqi o‘t ekstrakti ishtahani ochishda, qabziyatda va safro haydovchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Yallig‘lanishga qarshi kuchli vosita ham sanaladi.

—Tabiat bog‘imiz dorivor giyohlarga boy, —deydi Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘i direktori Nuriddin Sattarov. —Tamshush bo‘limimizda boshqa shifobaxsh giyohlar qatori qoqio‘t ham ko‘plab uchraydi. Bahorda gullaydigan doirvor o‘simlik bu yil qish ob-havosining nisbatan issiq kelgan pallasida erta uyg‘onib ketgani kuzatildi. Bu o‘simlik bog‘imizda muhofazaga olingan. 

Milliy tabiat bog‘i nazoratchilari shu paytgcha ko‘pming yillik tarixga ega qoqi o‘t yanvar oyining ilk kunlarida gullaganini uchratmagan. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sariosiyo tog‘larida qoqio‘t gulladi