Sardobada yangi maktab foydalanishga topshirildi
Bugun Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida matematika faniga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

660 o‘rinli zamonaviy maktabda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan o‘quv xonalari, 2 ta xorijiy tillar, 2 ta axborot texnologiyalari xonasi, kimyo, biologiya hamda fizika laboratoriya xonalari, ochiq sport maydoni, zamonaviy kutubxona, 120 o‘rinli zamonaviy oshxona mavjud bo‘lib, eng so‘nggi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan.

Avvalroq Sardoba suv toshqinidan jabr ko‘rgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida 15 ta maktab va 2 ta maktab filiali zamonaviy talablar asosida ta’mirlanib, o‘quvchilar ixtiyoriga foydalanish uchun topshirilgan edi.