Sardobada chigit unib chiqdi
Joriy qishloq xoʻjalik mavsumida Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani paxtachilik fermer xoʻjaliklari 3000 gektarga, “Indorama” paxtachilik-toʻqimachilik klasteri 7000 gektar maydonga chigit ekishni rejalashtirgan edi.
Joriy qishloq xoʻjalik mavsumida Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani paxtachilik fermer xoʻjaliklari 3000 gektarga, “Indorama” paxtachilik-toʻqimachilik klasteri 7000 gektar maydonga chigit ekishni rejalashtirgan edi.
Chigit ekish va yer tayyorlash ishlari uchun tuman boʻyicha 22 otryad shakllantirilib, unga 300 dan ortiq ekipaj operatorlari, yer tayyorlash mexanizatorlari, syalkachi va ularning yordamchilari hamda qishloq xoʻjaligi va texnikalari boʻyicha hosilot va mexanik injinerlik maxsus maʼlumoti boʻlgan tajribali mutaxassislar biriktirildi.
Zarurat boʻlganida yengil taʼmirlash ishlarini dala boshida amalga oshirish uchun koʻchma texnik brigada xizmat koʻrsatgan boʻlsa, ekish jarayonini bir zum ham toʻxtatmaslik maqsadida qishloq xoʻjaligi texnikalariga yoqilgʻi quyish ishlari dalada amalga oshirildi.
Joriy yilning 7-aprel kuni tumandagi “Indorama” paxtachilik-toʻqimachilik klasteriga tegishli paxta maydonlariga ekilgan chigit unib chiqdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Viloyatning barcha paxtachilik tumanlaridagi 4 ta sektor rahbarlari tomonidan har bir fermer xoʻjaligi boʻyicha kunlik oʻrganilgan holatlar, yaʼni ekishning sifati, toʻliq kontur boʻlishi, moddiy resurslarning yetkazib berilishi boʻyicha alohida nazorat tartibi oʻrnatilib, monitoring ishlari muntazam yuritib borilmoqda.