4 fevral — Xalqaro saraton kasalligiga qarshi kurash kuni

Bilasizmi, bugun odamlar orasida eng ko‘p ishlatiladigan so‘z nima? Motivatsiya.  Inson tushkunlikka tushganida, muammolar oldida esankirab qolganida motivatsiya olish uchun eng yaqin do‘stining yoniga boradi. Bemor esa ana o‘sha hissiyotni tiklash uchun shifokorga yuguradi.  O‘zi betob bo‘la turib, saratonni bir necha marta boshidan o‘tkazsada o‘zi kabi bemor ayollarga motivatsiya berib yashayotgan ayol haqida bilgingiz kelyaptimi?

“Qadriyat” gazetasi xodimi, jurnalist Xolida Qobulova ana shunday kuchli ayollardan. Bugun opa bilan qilgan suhbatimiz aynan shu kasallik tufayli o‘z qobig‘iga o‘ralib, tushkunlikka berilib, umrining har bir daqiqasini sanab yashayotgan ayollarga kuch, iroda bag‘ishlasa degan niyatdamiz.

– Xolida opa, saratonga chalinishingizni shifokorlar qanday izohladi?

– 2014 yil juda qattiq kasal bo‘ldim. Qornim shishib ketdi. Ikki tomonlama tuxumdon saratoni tashxisi qo‘yildi. Saraton kasalligiga chalinishim sababini hozirgacha tushunmayman. Chunki shifokorlar ko‘proq bu kasallik siqilishdan, zo‘riqishdan, noto‘g‘ri ovqatlanishdan kelib chiqadi, deyishadi. Noto‘g‘ri ovqatlanish, noto‘g‘ri turmush tarzi menga begona. Chunki men hayotni juda sevaman, ko‘p xafa bo‘lmayman, asabiylashmayman. Hamma narsaga to‘g‘ri yondoshaman.

2014 yilda saratonni 4-bosqichi aniqlanib, 6 yarim soat operatsiya bo‘lganman. 2015 yilning mayigacha ximiyaterapiya oldim. Bir yilda 14 marta ximiya terapiya oldim. 2019 yilgacha juda yaxshi yurdim. Hatto saraton bo‘lganimni esimdan ham chiqarib yubordim. Yiliga ikki marta tahlil topshiraman, natijalari yaxshi chiqadi. 2019 yilning iyulida menda yana xastalik boshlandi. Ishtaxam yo‘qolib, qornim shishib ketdi. Yana ximioterapiyalar olish boshlandi. O‘zimni qo‘lga olishim kerak edi. Chunki bu kasallik bilan kurashishni o‘zi bo‘lmaydi. 

– Muolaja uchun dori-darmonlar qimmat turadi, ularni olishda kimlar yordam beradi?

– Saraton boshlanganida jigarlarim, qarindosh-urug‘larim, hamkasblarim hammasi oyoqqa turdi. Yaqinlarim dori-darmonimga yordam berdi, og‘ir kunimda yonimda bo‘lishdi. Onam unda hayot edi, jigarlarim onam bola dog‘ini ko‘rmasin, deb kurashishgan. Meni yo‘qotishdan qo‘rqib, harakat qilishgan.

2019 yil kasallik qaytalanganida yaqinlarimdan berkitdim. Ota-onam olamdan o‘tishgan edi. Gohida order orqali, gohida ordersiz davolandim. Keyin hech kimni bezovta qilmaslikka harakat qilib, uyimdagi narsalarimni sotib, muolajalarga sarfladim.

Vaqt o‘tib, 2021 yilning so‘nggi kuni yangi yilda qaytalanib qoldim. Yangi yil kuni norin yegandim, o‘shandan keyin bezovtalanib, qornim shishib ketdi. Qaytalanganimda ximioterapiya olish, ko‘ngil behuzurlik, muskullarim, tishlarim, tanamdagi har bir a’zoga og‘riq berishi juda azob bo‘ldi. Lekin, u og‘riqlarni men unchalik o‘zimga olmayman, o‘rganib qolganman.

– Asosan qaysi klinikada davolanasiz? 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanaman. Bosh shifokor – Odiljon Ahmedov, Ayollar reproduktiv tizimi o‘smalari bo‘limi rahbari Nargiza Zaxirova, tajribali, mohir onkogenikolog, jarroh – Muzaffar Otajonov, RIO va RIATM poliklinikasi onkogenikologi Viloyatxon Saidahmedovalar menga qarindoshimdek bo‘lib qolishgan. “Opa bu kasallik sizga hech narsa emas, yengasiz”, deb, dalda bo‘lishadi. Ularning shirin so‘zlari menga davo. 

Darhaqiqat, avvalo, shifokor to‘g‘ri tashhis qo‘yib, chiroyli muomila qilsa, bemor ancha o‘zini tutib oladi.

– Sizning tashxisingizdan ham ko‘ra yengilroq tashxisli ayollarning ezilayotganini ko‘rganingizda qanday yo‘l tutasiz? Axir jurnalistsiz. Jurnalist hayotdagi hech bir narsaga befarq qarab turolmaydi.

– Nafaqat saraton balki, har qanday kasallikdan qo‘rqqan odam yutqazib qo‘yadi. Qo‘rqish kasallikka yengilish degani. Ichki tug‘yonlarim qo‘rqish kerak emas, kasallik ham bitta sinov, deydi. Bir yili Ortopediya institutiga maqola yozishga borganimda suyaklari chirib, yiringlab, yurolmay qolgan ayollarni ko‘rganman.

Har bir kasallik asorati yomon natijaga olib borganida o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. Lekin, qancha yashash insonning taqdiri azaliga bitilgan bo‘ladi. Shuning uchun men saratonni vahimani, qo‘rquvni yomon ko‘radigan kasallik, deb bilaman. Insonni qalbi toza, iymoni butun bo‘lsa kasallikni yengish hech narsa emas. Hozir meni tashxisimdagi ayollar ko‘chagayam chiqmaydi. Kasaliga quloq solib, qayg‘u bilan o‘ralashib, qo‘rqib o‘tiradi. Men shunday ayollarga motivatsiya berayotganimdan xursand bo‘laman. 

Andijondan Dilfuzaxon, Jizzaxdan Gulsaraxon, Qashqadaryodan  Muqaddas ismli bemor tanishlarim bor. Muqaddas opa o‘zi shifokor bo‘lsayam qo‘rqdi, yengolmadi, rahmatli bo‘lib ketdi.

Yaqinda shifoxonada Manzuraxon ismli qo‘qonlik ayol bilan tanishib, opa-singildek bo‘lib qoldik. Birinchi ximioterapiya olganida yonlarida dalda bo‘lib turdim. Bitta xonada yotib davolandik. Irodaxon degan qiz Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ishlarkan. U yerdagi shifokorlar “Sen bu kasallikka yengil qaramagin, ehtiyot bo‘l” deb rosa qo‘rqitishibdi. Keyin u ota-onasini yonida bo‘lish maqsadida O‘zbekistonga qaytibdi. Endi tuzalmagunimcha Sankt-Peterburgga qaytmayman, dedi. Uning tashxisi birinchi bosqich. Qo‘rqmasligi kerakligini, uni yengish qiyin emasligini tushuntirdim.

Qashqadaryolik Nilufar ismli ayol olti oy ichida qornidan 10 martadan ziyod suv oldirdi. Qo‘rqmang, qo‘rqsangiz yutqazasiz, deb dalda bo‘ldim. O‘tgan yil 21 sentyabr kuni operatsiya bo‘ldi. Operatsiyadan keyin hayotga boshqacha nigoh bilan qaray boshladi. Shu ayolni kasallikni yengishida anchagina motivator bo‘ldim.

Meni bir narsa qiynaydi. Ko‘pincha ayollar turli xususiy klinikalarga borib davolanishni afzal ko‘rishadi. Xususiy klinikalar ham onkologik kasallik bilan og‘rigan bemorlarni doimiy  nazoratda turishini   bila turib, pullik xizmatlarni taklif qilishadi.

Andijonlik Zubayda opa shunday shifoxonada davolanib, kasalini kuchaytirib olgan. Katta mablag‘ ham sarflagan. 12 soatda quyilishi kerak bo‘lgan ximioterapiya muolajalarini 3 yarim soatda quyishganidan,  qo‘llarini kuydirib olgan.  Bu kasallikni davolovchi shifokorlar katta tajribaga ega bo‘lishi kerak. 

– Kasalligidan foydalanib matbuotda chiqish qilyapti, deguvchilarga nima degan bo‘lardingiz?

– Kim nima desa, deyaversin. Men kasallikni yengayotganim uchun matbuotda chiqayotganim yo‘q. Boshidan o‘tkazgan tabib, deyishadi. Bu kasallikka kuniga minglab xotin-qizlar chalinadi.  Men gapirayotgan gaplar ularga ozgina bo‘lsa ham dalda bo‘lsin, degan niyatda chiqishlar qilyapman. Kimni shu kasallikdan joni og‘risa vahimaga tushmanglar, qo‘rqmanglar deyman. Men hayotga chanqoqman, shu sababli bu kasallik menga hech narsa emas, yenga olaman. Boshqa millionlab ayollarga ham shuni tavsiya qilaman.

O‘zA muxbiri 

Nigora Rahmonova 

suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saratonni yengayotgan jurnalist ayol