Fargʻonada hind ishbilarmonlari farmatsevtika, sogʻliqni saqlash, tekstil, axborot texnologiyalari, taʼlim, energetika, qishloq xoʻjaligi sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Fargʻonada hind ishbilarmonlari farmatsevtika, sogʻliqni saqlash, tekstil, axborot texnologiyalari, taʼlim, energetika, qishloq xoʻjaligi sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Hindistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Santosh Ja viloyat hokimi Shuhrat Gʻaniyev bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi munosabatlar yuksak darajaga koʻtarilgani va oʻzaro hamkorlik xalqlarimizning koʻp asrlik doʻstona aloqalariga asoslanishi bilan ajralib turadi. Bugun ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy, innovatsiya va gumanitar sohalardagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Ayni paytda ikki mamlakat biznes doiralari koʻplab qoʻshma loyihalarni hayotga tatbiq etayotir.

Xususan, Fargʻona viloyatida bugungi kunda Hindiston kapitali ishtirokida 5 ta qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatmoqda. Xalqaro yarmarkalarda 22 million dollarlik oʻttizdan ortiq eksport-import shartnomalari tuzildi. Joriy yilning oʻtgan davrida 180 ming dollardan ortiq charm mahsulotlari, quritilgan meva va dukkakli donlar eksport qilinib, oʻsish 111,2 foizni tashkil etdi. Shuningdek, 4,7 million dollarlik kimyo va plastmassa mahsulotlar, texnologiyalar import qilindi. Ayni kunlarda bu boradagi hamkorlikning qamrovini yanada kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish choralari koʻrilmoqda. Yaqinda Qoʻqon shahrida boʻlib oʻtgan birinchi xalqaro hunarmandchilik festivalida dunyoning 80 dan ortiq davlatlari qatorida Hindiston poytaxtidan, Gujarat va Bombey shaharlaridan hunarmandlar ishtirok etdi.

Fargʻona viloyati hokimi Sh.Gʻaniyev Hindistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Santosh Jani qabul qildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama manfaatli aloqalarni mustahkamlash, xususan, hududlararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, yangi yoʻnalishlarda biznes loyihalarni amalga oshirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi. Viloyatning investitsiya salohiyati xususida maʼlumot berildi.

– Ayni paytda hindistonlik juda koʻplab tadbirkorlar yurtingizga investitsiya kiritish istagida, – deydi janob Santosh Ja. – Ishonamanki, farmatsevtika, sogʻliqni saqlash, tekstil, axborot texnologiyalari, taʼlim, energetika, qishloq xoʻjaligi singari istiqbolli tarmoqlar boʻyicha hamkorlik aloqalari ikki tomon uchun ham manfaatli boʻladi.

1.JPG

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Santosh Ja: Hamkorlik aloqalari ikki tomon uchun manfaatli boʻladi
Жамият
10:00 / 01:10:2019