“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘ragazmalar majmuasida «Uzbekistan Industrial Forum – 2015» yettinchi xalqaro sanoat forumi boshlandi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, «O‘zavtoyo‘l» va «O‘zkimyosanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyalari, boshqa idora hamda tashkilotlar ko‘magida IEG Uzbekistan ko‘rgazma kompaniyasi tomonidan tashkil etildi. 

Forumning ochilishida O‘zbekistonda ishlab chiqarish korxonalari izchil modernizatsiya qilinib, zamonaviy yuqori texnologik uskunalar bilan qayta jihozlanayotgani va bu mamlakatimiz sanoatini barqaror va jadal rivojlantirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Prezidentimizning 2010-yil 15-dekabrdagi “2011-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Xalqaro forum sanoat korxonalari va ilmiy tashkilotlar yutuqlarini namoyish qilish, texnik joriy etish hamda innovatsiya faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan. Bu nafaqat kooperatsiya maydoni, balki ichki va tashqi bozorga yangi texnologiyalar, zamonaviy asbob-uskuna, butlovchi buyumlarni taklif etish bilan shug‘ullanadigan ishlab chiqarish korxonalari va firmalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan investitsiya hamda iqtisodiy siyosatning muhim vositasi hamdir. 

10c (2).JPG
Joriy yilgi xalqaro forum metallurgiya, metallga ishlov berish, mashinasozlik – «UzMetalMashExpo», maxsus texnika va butlovchi buyumlar – «UzSpecTechExpo», tog‘-kon sanoati texnologiya va uskunalari – «UzMiningExpo», kimyo sanoati, plastmassa va polimerlar ishlab chiqarish hamda ularga ishlov berish – «UzChemPlastExpo», xavfsizlik texnologiyalari va himoya vositalari – «UzSecureExpo», sanoatni avtomatlashtirish, axborot texnologiyalari va dasturiy ta’minot – «UzAutomationExpo» ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalarini o‘z ichiga olgan.

Forumda O‘zbekiston, Germaniya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Turkiya, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Belarus, Ukraina, Rossiya, Qozog‘iston kabi 16 davlatdan ellikdan ziyod kompaniya ishtirok etayotir. Ularning faoliyati tog‘-kon, metallurgiya, energetika tarmoqlarida sanoat avtomatika qurilmalari, ayrim tarkibiy qismlar va komplekslarni loyihalashtirish, qurish hamda foydalanishga topshirishga qaratilgan. Keng turdagi energiya resurslarini hisobga olish priborlari, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va binolarning xavfsizlik tizimlari namoyish etilmoqda. 

Forum ekspozitsiyasidan Tog‘-kon sanoati uchun texnologiyalar va uskunalar – «UzMiningExpo – 2015» mavzusi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmaga maxsus joy ajratilgan. Ekspozitsiyada O‘zbekiston sanoatining salohiyati namoyish etilmoqda. Unda Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va «O‘zbekko‘mir» ochiq aksiyadorlik jamiyati kabi yirik sanoat kompaniyalari qatnashmoqda. 

«UzMiningExpo» ko‘rgazmasi qatnashchilari sonining yil sayin ortib borayotgani mamlakatimizda geologiya-qidiruv ishlab chiqarishi rivojlanib borayotganidan yaqqol dalolatdir. Bu galgi ko‘rgazmada turli mamlakatlar tog‘-kon sanoatining yirik va mashhur korxonalari eng ilg‘or uskunalarini taqdim etgan. Xususan, geologik axborotga ishlov berish bo‘yicha dasturiy ta’minot, tog‘-burg‘ulash uskunalari, yo‘l-qurilish, qishloq xo‘jaligi, kommunal, aerodrom-tozalash va boshqa maxsus texnikalar shular jumlasidandir. 

– Forumda ilk bor ishtirok etmoqdamiz, – deydi Italiyaning «GTV BLAST» kompaniyasi menejeri Roberto Rossi. – Kompaniyamiz tog‘-kon sanoati, yo‘l qurilishi va boshqa sohalar uchun uskunalar yetkazib beradi. O‘zbekistonda ushbu sohalar jadal rivojlanib borayotgani bois munosabatlarimiz istiqbolli va yanada samarali bo‘lishiga ishonaman.

Mamlakatimizning «JV MAN AUTO UZBEKISTAN» korxonasi ekspozitsiyasi alohida qiziqish uyg‘otmoqda. Korxona tomonidan ochiq kon samosvallari, beton qorigich, avtokran, burg‘ulash qurilmalari uchun platformalar, quduqlarni sementlash qurilmalari, shataklar, kommunal va boshqa texnikalar namoyish etilmoqda. Sohaning boshqa korxonalari ham tog‘-kon sanoatida foydalaniladigan zamonaviy texnika va texnologiyalarni taqdim etgan. 

O‘zbekiston metallurgiya sanoatining muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgani mamlakatimiz iqtisodiyoti barqarorligining muhim omili hisoblanadi. Negaki, ushbu soha iqtisodiyotimizni diversifikatsiya qilishga hissa qo‘shib, yangi ish o‘rinlari tashkil etishga xizmat qilmoqda.

«UzMetalMashExpo» ko‘rgazmasi metallurgiya sanoati uchun mashinalar, sanoat uskunalari, butlovchi buyumlar, detallar va ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchilar hamda yetkazib beruvchilar manfaatlarini birlashtirishda muhim o‘rin tutadi. Eksponatlar orasida eritilgan po‘lat pechlar, rux yugurtirilgan metall, tokarlik, frezerlash, silliqlash uskunalari, nazorat-o‘lchash priborlari, qattiq va og‘ir qotishmalardan buyumlar ishlab chiqaradigan korxonalar bor. 

Muxtasar aytganda, ushbu forum sanoatchilar, biznesmenlar, davlat hokimiyati organlari va ilmiy doira vakillarining o‘ziga xos amaliy muloqot maydoniga aylanib, korxona va tashkilotlar, investorlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga ko‘maklashadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanoatchilar xalqaro ko‘rgazmalari