Sanoatbop tokzorlar kengaytiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan sanoatbop uzumzorlar ko‘lamini kengaytirish va ishlab chiqarish sifatini yaxshilashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Ma’lumki, mamlakatimizda keyingi yillarda agrar tarmoqning boshqa yo‘nalishlari qatori uzumchilik ham ancha rivojlandi. Ayni paytda yurtimizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tasarrufida jami 137,1 gektar tokzorlar mavjud bo‘lib, ularning 81,3 foizi hosilli, 18,7 foizi yosh tokzorlardir.
Joriy yilda mamlakatimiz bo‘ylab fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan jami 14,3 ming gektar maydonda yangi tokzorlar barpo etilishi rejalashtirilib, amalda 16,4 ming ming gektar (rejaga nisbatan – 115%), maydonda yangi tokzorlar barpo etildi. Bunda sanoatbop navli toklar ekilishiga ham alohida ahamiyat qaratildi.
[gallery-500]
Hududlardagi yangi tokzorlar barpo etuvchi tashabbuskorlar tomonidan barpo etilgan tokzorlarda suv ta’minotini yaxshilash maqsadida yil davomida 80 dona artezian quduqlar qazilib, 2,9 ming gektar tokzorlarda tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etildi.
Tadbirda sohani rivojlantirish, sanoatbop uzumzorlar ko‘lamini kengaytirish va ishlab chiqarish sifatini yaxshilash borasida mutaxassislar o‘zaro fikr almashdi.
Oqil G‘ULOMOV(surat), O‘zA