Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar markazida tarmoqlar va hududlar sanoat korxonalari ishtirokida o‘tkazilayotgan Respublika tarmoqlararo kooperatsiya sanoat yarmarkasi davom etmoqda.

Mahalliy korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek mamlakatimizda xaridorgir, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan ushbu tadbirning ko‘lami yildan yilga kengaymoqda. Bugun yarmarkaning uchinchi kuni bo‘lishiga qaramay ko‘rgazma pavilonlari ishbilarmonlar va mahalliy tadbirkorlar bilan gavjum.  

Tarmoqlar va hududlar sanoat korxonalari qatorida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati ham o‘z mahsulotlarini namoyish etib, yangi hamkorlar bilan shartnomalar imzolamoqda. Ko‘rgazmaning eng katta pavilonini egallagan kombinat mahsulotlari yuqori sifati, raqobatbardoshligi, import o‘rnini bosa olishi bilan ham tadbirkorlar e’tiborini tortmoqda.  

[gallery-9602]

– Bu kabi tadbirlar, ko‘rgazma va yarmarkalar mahalliy ishlab chiqaruvchilar, tadbirkor va ishbilarmonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashishda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ sotuv bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Muhsinjon Jalilov. – Mazkur sanoat yarmarkasi ham eksportbop va import o‘rnini bosadigan raqobatbardosh mahsulotlarni mahalliy xom ashyodan yurtimizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ichki va tashqi bozor talabiga javob beradigan tovarlarni ko‘paytirishga qaratilgan istiqbolli loyiha hisoblanadi. Kombinatimizda joriy yilda mahsulot va xizmat importi hajmi sezilarli darajada kamaydi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 412,3 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bu tadbirda ayni yo‘nalishdagi faoliyatimizni yanada rivojlantirish, yangi hamkorlar topish, samarali kelishuvlarga erishishni maqsad qilganmiz.  

Shu o‘rinda aytish joiz, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi joriy etish, sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etish, ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatning jozibadorligiga erishish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy  yilning o‘tgan to‘qqiz oyida kombinat bo‘yicha mahsulot va xizmatlar importi hajmi 86,5 million dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 165,6 million dollarga kamaygan. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 147 ta loyiha bo‘yicha 412,3 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Boshqacha aytganda, 2021 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 122,4 foizni tashkil etgan. 96 ta yangi va kengaytirilgan loyiha bo‘yicha turli markali marganetsli po‘latdan quyilgan ehtiyot qismlar, tegirmon uchun futerovka, po‘lat quymalardan tayyorlangan texnologik uskunalar va ehtiyot qismlar, ekskavatorlar uchun quyma va ehtiyot qismlar, markazdan qochma yanchish mashinasi korpusi kabi umumiy qiymati 270,2 milliard so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilgan.  

Soha mutasaddilarining ta’kidlashicha, kombinatda mahalliylashtirish dasturida ko‘zda tutilmagan 89 turdagi import o‘rnini bosuvchi 62,6 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Elektron kooperatsiya portali orqali mahsulotlarni sotish bo‘yicha jami 23.2 milliard so‘mlik 68 ta shartnoma imzolangan. Joriy yilning o‘tgan davrida sanoat kooperatsiyasi doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilingan mahsulotlar hajmi 3 trillion 567,9 milliard so‘mni va 2021 yilning mos davriga nisbatan 138,4 foizni tashkil etgan. Kombinatning joriy yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ga asosan import bo‘yicha olib kiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hisobiga importni qisqartirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 62,5 million dollarga yetgan.  

E’tiborli jihati, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hisobiga importni qisqartirishni ko‘zlab qo‘shimcha ravishda umumiy qiymati 16,2 million dollar bo‘lgan 35 turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar xarid qilindi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar o‘zlashtirildi.  

Kombinatda importni qisqartirib, ichki va tashqi bozor talabiga javob beradigan tovarlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xaridlarni o‘tkazishda shaffoflik, xolislikni ta’minlash eng muhim omil hisoblanadi. Shundan kelib chiqib xaridlarni o‘tkazish rejasi va har bir xarid jarayoni haqidagi e’lonlar qonunda belgilangan tartibda xarid.uz, xt-xarid.uz, cooperation.uz davlat xaridlari maxsus axborot portallari, shuningdek kombinatning www.ngmk.uz saytida joylashtirib borilmoqda. Bundan tashqari, xaridlar yuzasidan korxonalar, ishlab chiqaruvchilarni xabardor qilish, taklif etish, muzokaralar, uchrashuvlar o‘tkazish, tarmoq va xalqaro sanoat yarmarkalari, birjalarda ishtirok etish ham amaliyotda qo‘llanilmoqda. Hozirgi paytda kombinatda mahsulot va uskunalar bevosita ishlab chiqaruvchilar yoki ularning rasmiy dilerlaridan sotib olinmoqda.  

Mamlakatimizda sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, eksportbop mahsulotlarni ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar o‘z samarasini bermoqda. Jumladan, import qilinayotgan tovarlarni yurtimizda ishlab chiqarish, xomashyoni tayyor mahsulotga aylantirib sotish nafaqat mahsulot tannarxining arzon bo‘lishiga, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratishga ham xizmat qilayotir.  

Go‘zal Sattorova  

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanoat yarmarkasi:NKMK mahsulotlariga talab ortmoqda