Sanoat xavfsizligini buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi tomonidan sanoat xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, ushbu hujjat sanoat xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish, xavfli ob’ektlardagi faoliyat ustidan nazorat mexanizmini kuchaytirish, eng asosiysi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i hamda mol-mulkini ishonchli muhofaza qilishga qaratilgan.
Muhokamalarda aytib o‘tilganidek, sanoat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmasligi avariyalar va insonlar jabrlanishiga sabab bo‘lmoqda. Amaldagi jazo choralari esa bunday holatlarning oldini olish uchun yetarli emas.
Shu bois, ushbu qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga xavfli va potensial xavfli ob’ektlarda sanoat xavfsizligi talablarini, xavfli yuklar bilan ishlash qoidalarini buzganlik, shuningdek, bila turib yolg‘on ekspert xulosasi berganlik uchun javobgarlik choralarini belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
M.Komilova,
O‘zA