Toshkent viloyatida 2024 yil yalpi hududiy mahsulot hajmi 146,4 trillion so‘mni tashkil etib, belgilangan prognozga nisbatan ortig‘i bilan bajarildi. E’tiborlisi, hududning respublikadagi ulushi 10,1 foizni tashkil qilib, Toshkent shahridan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 47,5 million so‘mga to‘g‘ri keldi. Mutaxassislar bu natijani avvalgi yillarga qaraganda ancha ijobiy baholamoqda. Xususan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish borasidagi sa’y-harakatlar ham yil sayin yaxshilanib, eksport qamrovi kengaymoqda. Hozir viloyat bo‘yicha 6,2 mingta korxona faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan o‘tgan davrda 139,1 trillion so‘m miqdorida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. 

– Asosiy tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda metallurgiya, oziq-ovqat, to‘qimachilik, qurilish materiallari, kimyo sanoati va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishda o‘sish kuzatildi, – deydi Toshkent viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muzaffar Aripov. – Bunda o‘tgan yilgi investitsiyalar o‘zlashtirilishi hisobiga 200 ta loyihalar amalga oshirilganining ham hissasi katta bo‘ldi. Buning hisobiga 10,7 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. 

Xususan, Nurafshon shaharda “Radiante tekstile” korxonasi tomonidan 50,3 milliard so‘mlik trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi kengaytirildi. Yuqori Chirchiq tumanida “Germes Teks” korxonasi tomonidan qog‘oz mahsulotlaridan konus ishlab chiqarish tashkil etildi. Bundan tashqari, G‘ijduvon tajribasiga asosan 107 ta loyiha ishga tushirildi. 

Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalash hisobiga viloyat bo‘yicha mavsumda kartoshka, meva-sabzavot va poliz mahsulotlari hosili mo‘l bo‘ldi. Chorvachilik yo‘nalishida yirik shoxli qoramollar, qo‘y va echkilar million boshdan, parrandalar esa 17 milliondan ortgan. 

Yangiyo‘l tumani qishloq xo‘jaligi sohasida katta salohiyatga ega. Tumanda chorvachilik va bog‘dorchilik yo‘nalishlari rivojlangan. Tumanda 18 ta hudud va 64 ta MFY mavjud bo‘lib, 210 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Hudud chorvachilikning qoramolchilik, yilqichilik, parrandachilik hamda baliqchilik kabi tarmoqlari uchun keng imkoniyatlarga ega. 

Birgina “Promeat Agro” korxonasi o‘z faoliyatini 2021 yilda 300 bosh sut yo‘nalishidagi “Golshtin” zotli nasldor qoramollar parvarishini ham yo‘lga qo‘ygan. Bugungi kunda xo‘jalikda 500 bosh yirik shoxli mol boqilmoqda. Shundan 240 boshi sog‘in sigirlar, 260 boshi esa turli yoshdagi buzoq va tanalardir. Sog‘in sigirlar sonini oshirish maqsadida 2024 yilda Chexiya davlatidan 158 bosh nasldor qoramol olib kelindi. 

Umuman olganda, o‘tgan davrda hudud bo‘yicha qurilish-pudrat ishlari, xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridagi natijalar ham salmoqli bo‘ldi. Shuni e’tiborga olib, joriy yil boshidan joylarda tizimli ishlar qilinmoqda. 

A.Musayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanoat va agrar sektorda rivojlanish davom etadi