Bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda mazkur qo‘mitaning axborot xizmati rahbari Bekzod Berdiyev 2024 yilda tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Uning ta’kidlashicha, sohani takomillashtirish va islohotlarni izchil olib borish maqsadida bir qator muhim ishlarni amalga oshirishdi. Xususan, o‘tgan qisqa davr mobaynida sohani tartibga soluvchi 10 ga yaqin me’yoriy huquqiy hujjatlar qabul qilindi.    

Qabul qilingan xujjatlar asosida xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida profilaktik tadbirlar, ommaviy muhokamalar, seminarlar va axborot yoritish tadbirlari tashkil etildi. Bundan tashqari, qo‘mita 9 mingdan ortiq profilaktik tadbirni amalga oshirib, ishlab chiqarishdagi xavflar va qoidabuzarliklarni aniqlash uchun muhim ma’lumotlar yig‘di. 

2024 yil yakunida 950 ta tekshiruv o‘tkazildi va natijada 2 ming 964 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Shuningdek, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligiga oid me’yoriy hujjatlar talablari buzilgan 624 nafar ishchiga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.  

Avariya yoki baxtsiz hodisalar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlar bo‘yicha ham profilaktik ishlarni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi. 44 ta baxtsiz hodisa qayd etildi, ulardan 19 tasi o‘lim bilan tugallandi.  

O‘tkazilgan tadbirlar doirasida 30 ming nafardan ortiq xodimning bilimlarini tekshirish va qayta tayyorlash amaliyotlari olib borildi. Shu bilan birga, portlovchi va zaharli moddalar, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada bo‘lish sohasida 3 ming 634 ta ruxsat etish hujjati rasmiylashtirildi.  

Ayni paytda qo‘mita atom energiyasidan foydalanish, kimyoviy va biologik xavfsizlikni ta’minlash sohasida xalqaro hujjatlarni bajarishga ham e’tibor qaratmoqda. Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda 2025 yilning birinchi yarmida kimyoviy-biologik kontrterroristik mashg‘ulotlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.  

Shuningdek, 2024 yilning 4 iyul kuni Atom energiyasi xalqaro agentligi (MAGATE) bilan onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda radiologik, ekologik va sanoat xavfsizligini oshirishga qaratilgan dasturlar muhokama qilindi.  

Bundan tashqari, respublikada 4427 ta ko‘p kvartirali uyda 11 ming 428 ta lift va 148 ta madaniyat va istirohat bog‘idagi attraksionlarning xavfsizligi tekshirildi.  

Tadbirda qayd etilganidek, qo‘mita tomonidan amalga oshirilgan ishlarning samarasi sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan muhim qadamlardir.  

N.Ziyodullayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi o‘tgan yil qanday amaliy natijalarga erishdi?