Sanoat qariyb 12 foizga oʻsdi
Toshkent viloyati korxonalari tomonidan joriy yilning 11 oyida 30,6 trillion soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 11,8 foizga oshdi.

Bu haqda viloyat statistika boshqarmasi xabar qilmoqda. Boshqarmaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan maʼlumotga koʻra, shu davrda sanoatning togʻ-kon va ochiq konlarda ishlab chiqarish hajmi 4 foiz, qayta ishlash sohasida 13,5 foiz, elektr, gaz, bugʻ bilan taʼminlash va havoni konditsiyalashda 10,5 foiz, suv, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilishda qariyb 32 foiz oʻsish kuzatilgan.
Mazkur yoʻnalishda hududlar boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich Olmaliq shahri hissasiga toʻgʻri kelib, shaharning viloyat sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 29,4 foizni tashkil etgan. Shuningdek, ushbu ulushdan Bekobod shahri 17 foizdan, Chirchiq shahri va Zangiota tumani 8 foizdan ziyod oʻrin olib, yuqori toʻrtlikdan joy olgan.
Bu borada viloyatdagi eng past koʻrsatkich Ohangaron (0,4 foiz), Bekobod, Boʻka va Quyi Chirchiq (0,5 foizdan) tumanlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.