«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etish uchun Sankt-Peterburg shahriga yo‘l oldi.

Ertaga, 2021 yil 2 iyun kuni Rossiya Federatsiyasining madaniy poytaxti — Sankt-Peterburg shahrida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan xalqaro iqtisodiy forum o‘z ishini boshlaydi. Unda O‘zbekiston Respublikasidan delegatsiya ishtirok etishi kutilmoqda. Forumda, shuningdek, Hukumat a’zolari qatorida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov ham ishtirok etadi.

Ushbu xalqaro iqtisodiy forum 2–5 iyun kunlari davomida o‘tkazilib, bu yilgi xalqaro tadbir biznes dasturi ham an’anaga ko‘ra dunyo hamjamiyati va Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyoti, ijtimoiy muammolar yechimi va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlanadi.

Ta’kidlash lozim, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Rossiya Federatsiyasining bir nechta nufuzli kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Misol uchun, “Rosseti”, “Iks-Xolding”, Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligi tasarrufidagi Sankt-Peterburg malaka oshirish instituti, Janubiy Ural armatura zavodi va boshqa nufuzli kompaniya hamda institutlar shular jumlasidandir.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida o‘zaro manfaatli bitimlar imzolanishi kutilmoqda