Sanjar xalqaro turnir g‘olibi
Tennis bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Sanjar Fayziyev Kuvaytda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan tashkil etilgan turnirning yakkalik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Tennis bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Sanjar Fayziyev Kuvaytda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan tashkil etilgan turnirning yakkalik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.S.Fayziyev nufuzli turnirning dastlabki davrasida hindistonlik Aryan Govas, ikkinchi davrada gollandiyalik Pol Monteban, chorak finalda fransiyalik Ronan Jonkur, yarim finalda ispaniyalik David Perez Sanzni mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqdi.
Final uchrashuvida Sanjar Fayziyev rossiyalik Yevgeniy Karlovskiyni 6:2, 7:6 hisobida yengib, bosh sovringa ega bo‘ldi.