Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati Denov tumanidagi ko‘p tarmoqli “Navnihol sohili” fermer xo‘jaligi va Sariosiyo tumanidagi turizm qishlog‘i maqomini olishga hozirlik ko‘rayotgan Sangardak mahallasi hududiga press-tur uyushtirdi.

Markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar dastlab Denov tumanidagi ko‘p tarmoqli “Navnihol sohili” fermer xo‘jaligida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar va sun’iy ko‘lda baliq yetishtirish tajribasi bilan tanishdi.

Ko‘p tarmoqli fermer besh gektar maydonda barpo etilgan sun’iy ko‘llarda oq amur, do‘ng peshona, sazan baliqlarini parvarishlab, yiliga yuz tonnadan ortiq baliq yetishtirmoqda. Bu yerda 26 kishining bandligi ta’minlangan. Hududda baliq mahsulotlari tayyorlanadigan oshxona, sauna, basseyn va sport o‘yingohlari barpo etgan. Press-tur ishtirokchilari shu yerda baliqdan tayyorlangan taomlarni tanovul qilib ko‘rdi. Sport ixlosmandlari uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. 

Sariosiyo tumanidagi Sangardak mahallasi bilan tanishuv Sangardak daryosi tepasidagi tog‘ ustida mangu qo‘nim topgan Xo‘jai ilg‘or (Ilg‘or xo‘ja) ziyoratgohidan boshlandi. 

Press-tur qatnashchilari purviqor tog‘dagi dengiz sathidan 1 ming 500, qishloq yo‘lidan 400 metr balandlikda joylashgan muqaddas qadamjoni ziyorat qildi. Tarixi bilan qiziqdi. 

Aytishlaricha, Xo‘jai ilg‘or ziyoratgohining nomi Xo‘jaipesh (Peshqadam xo‘ja), Xo‘jai baland, Xo‘jai ustun (hammadan baland, yuqorida), deb ham ataladi. Qabr tog‘ning tepasida bo‘lib, uning ustiga mahalliy aholi shifr bilan yopilgan bir xonali xonaqoh bunyod etgan. 2019 yil ziyoratgoh "Vaqf" xayriya fondi Surxondaryo bo‘limi tasarrufiga o‘tkazilib, fond hisobidan xonaqoh oldiga chiqish uchun tog‘ning tepasigacha 1 ming 80 ta zina barpo etilgan. 

Muqaddas qadamjo, ayniqsa, yoz faslida ziyoratchilar bilan gavjum bo‘ladi. Bu yerdagi qiya tog‘ qo‘ynidan to‘rtta buloq suvi sizib turadi. Mahalliy aholi aytishicha, ular shifobaxsh xususiyatga ega.

Mo‘’jizalarga serob “Sangardak” sharsharasi bilan dunyoga dovrug‘i ketgan mahalla keyingi yillarda yanada ko‘rkam va obod qishloqqa aylandi. Tog‘ qo‘ynida keng, ravon yo‘llar barpo etilib, mahalliy va xorijlik sayyohlar uchun zarur sharoit yaratildi. Machit, oshxona va boshqa xizmatlar ko‘rsatish shoxobchalari qurildi. Bitta mehmonxona va 20 ta mehmon uyi tashkil etildi. “Sangardak chevarlari” tikuvchilik korxonasi ishga tushirildi. 

Jurnalist va blogerlar tog‘ tepasidagi ziyoratgoh bilan tanishib qaytgach, yo‘l-yo‘lakay “Sangardak chevarlari” tikuvchilik korxonasida bo‘lib, bu yerda xorijning zamonaviy uskunalarini boshqarib, bejirim kiyim-kechak ishlab chiqarayotgan opa-singillar bilan dildan suhbatlashdi. Qishloqdagi mehmon uylarini ko‘zdan kechirdi. 

So‘lim tog‘lar qo‘ynidagi “Sangardak” sharsharasi Kanadaning eng mashhur “Niagara” sharsharasidan ham baland, dengiz sathidan 2 ming metr yuqorida joylashgan. Maftunkor bu go‘shada bir vaqtning o‘zida yilning to‘rt faslini kuzatish mumkin. Sharshara yer sathidan 150 metr balandlikdan tog‘ qoyalariga urilib oqadi. Kamalak misol tovlanayotgan zilol suv insonning beixtiyor bahri dilini ochadi. O‘ziga xos ovozi asabni tinchlantirib, yurakka quvvat beradi. Uning muzdekkina suvidan qancha ichilsa ham salomatlikka zarari yo‘q, insonni tetiklashtiradi. Shu sababdanmi yoki tabiat in’om etgan bu go‘zallikning maftunkorligidanmi, yoz boshlanishi bilan sharshara sayyohlar bilan gavjum bo‘ladi. 
Press-tur ishtirokchilari ham sharsharaning ana shunday maftunkor tabiatidan bahra oldi. Kun qorayib boshlagach, 50 o‘rinli “Sangardak” mehmonxonasida mahalliy va xorijlik turistlarga yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi. 

Shu yerda tadbir ishtirokchilari hududda olib borilayotgan obodonlashtirish-qurilish ishlarini ko‘zdan kechirayotgan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan uchrashib, hududlarda yuz berayotgan ulkan o‘zgarish va yangilanishlar, qadimiy vohaning boy turistik salohiyati haqida suhbatlashdi.

–Bilasizlarmi, biz shuning uchun ham baxtlimizki, o‘tmishdan dunyo tamaddunining beshigi bo‘lgan Surxondaryo endilikda Yangi O‘zbekistonning janubdagi gavhariga aylanayotganiga guvoh bo‘lyapmiz,–dedi viloyat rahbari.–Bu ishlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q. Prezidentimizning viloyatga bevosita e’tiborlari tufayli kundan-kunga chiroy ochib bormoqda. Inson qadrini ulug‘lash yo‘lida ko‘rsatilayotgan beqiyos g‘amxo‘rliklar mana shunday olis va chekka hududlarni ham ulkan bunyodkorlik maydoniga aylantirmoqda. Bu jarayonda vohaning boy turistik salohiyatidan ham yanada keng foydalanish e’tibordan chetda qolayotgani yo‘q. Bundan to‘rt-besh yil muqaddam Sangardakning shunday obod go‘shaga aylanishini kim xayoliga keltirgan edi? Qarang, tog‘ bag‘rida yetti qavatli muhtasham “Sangardak” sanatoriysi qad rostladi. Yaqin orada bu qishloq bilan Qashqadaryoni bog‘laydigan yangi avtomobil yo‘li ishga tushiriladi. Bu yo‘l poytaxtdan sayyohlarning vohaga kelishini 4-5 soatga qisqartiradi.

Xalqimizning qo‘shni viloyatlar va Toshkent shahriga borishiga katta qulaylik yaratadi. Yangi yo‘l bo‘ylarida xizmatlar ko‘rsatish yanada rivojlanib, aholi bandligi ta’minlanadi. Shu yil Sangardak “turizm qishlog‘i” maqomini ham oladi.

Samimiy suhbat chog‘ida Ulug‘bek Qosimov jurnalist va blogerlarga viloyatda amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqchil tilda yoritish, hududlarning o‘ziga xos turistik salohiyatini keng targ‘ib qilish yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirdi. 

Press-tur ishtirokchilarda boy taassurot uyg‘otdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sangardakdagi Xo‘jai ilg‘or ziyoratgohini bilasizmi?