Samarqand shahrida 17-19 iyun kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Turon” maktab teatri hamda “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlarining mamlakat bosqichi o‘tkaziladi.

Bugun yuritimizning barcha hududlaridan mazkur tanlovlar ishtirokchilari Samarqandga yetib keldi va ular tashkilotchilar hamda mezbonlar tomonidan munosib kutib olindi.  

Registon maydonida tanlovlarning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi mas’ullari o‘quvchi-yoshlarga muvaffaqiyat tilab, yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazishlarida bu kabi madaniy tadbirlar, sport musobaqalarining muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.

Shundan so‘ng maydonda madaniy dastur va 3D shousi namoyish etildi.

Tanlov jarayonlari 18-19 iyun kunlari viloyat musiqali drama teatri hamda “Nurafshon” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar uchun tanlovdan tashqari dasturlarda Samarqand shahri bo‘ylab sayohatlar uyushtiriladi.  

Tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimini Samarqand xalqaro turistik markazi “Boqiy shahar” majmuasida o‘tkazish rejalashtirilgan.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
San’atsevar yoshlar Samarqandda jam bo‘ldi