San’atkorlar o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik ikki xalqni yanada birlashtirmoqda
O‘zbekiston va Tojikiston asrlar davomida yonma-yon yashab kelayotgan, tarix, til, urf-odat va qadriyatlar bilan chambarchas bog‘langan ikki yaqin xalqdir. Bu yaqinlik bugun ham o‘z ifodasini topib, o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan hamkorlikda namoyon bo‘lmoqda.
So‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilib, madaniy aloqalarning sezilarli darajada faollashuviga xizmat qilmoqda. Qo‘shma konsert dasturlari, ko‘rgazmalar, kino va teatr loyihalari orqali ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari yanada mustahkamlanib, umumiy madaniy makon tushunchasi amalda o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Joriy yilning 26–27-mart kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ldi.
Tashrif doirasida 26-mart kuni O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari ikki mamlakat san’atkorlari ishtirokidagi an’anaviy konsert dasturini tomosha qildilar. Ushbu madaniy tadbir do‘stlik va yaqinlikning yana bir yorqin ifodasiga aylandi.
Mazkur tadbirda ishtirok etgan tojikistonlik taniqli san’atkor Guljamol Ilhomiy o‘z taassurotlarini biz bilan o‘rtoqlashdi.
— Konsert yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ikki davlatning qo‘shnichilik rishtalari biz uchun katta baxt va bebaho ne’matdir. Ayniqsa, davlat rahbarlarining uchrashuvi ushbu do‘stlikni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Bunday nufuzli tadbirda ishtirok etish men uchun katta sharaf.
Batafsil quyidagi videoda
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6rYgpSYrn7w" title="San’atkorlar o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik ikki xalqni yanada birlashtirmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Marhabo Hojiakbarova,
Iskandar Ismatov (video), O‘zA