"Parij-2024" Olimpiya o‘yinlari tarixga aylanib, dunyo mamlakatlari qatorida O‘zbekiston sportchilarining ham yangi Olimpiya davri bo‘lgan "Los-Anjeles-2028"ga tayyorgarlik davri boshlanganiga ham yarim yil bo‘lib qoldi.
O‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda okean orti mamlakatida o‘tadigan to‘rt yillikning eng muhim sport anjumaniga yurtimiz sport jamoalarini belgilangan tartib va yangicha ruhiyatda hozirlik ko‘rishlari uchun bir qator ishlar amalga oshirildi.
"Los-Anjeles-2028" Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikning muhim davri bo‘lgan 2025 yil davomida ham O‘zbekiston sportchilari bir qator chempionatlar, xalqaro turnirlar, xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida, kompleks sport o‘yinlarida ishtirok etishi kutilmoqdaki, bu, Vatanimiz sport shuhratini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 13 fevral kuni olimpiya va paralimpiya harakati, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholining jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida iqtidorli yoshlarni topish, olimpiya sport turlariga tayyorlash, ularni va murabbiylarni rag‘batlantirish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirish, seleksiya tizimini yaxshilash maqsadida har bir sport turi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik strategiyasi ishlab chiqilishi, avvalgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari natijalaridan kelib chiqib, sport turlari ustuvorligi bo‘yicha 3 ta toifaga ajratilishi aytib o‘tilgan edi.
Xo‘sh, joriy yilda sport jamoalarimiz qancha kompleks sport o‘yinlarida qatnashadi?
Kutilayotgan natijalar monitoringini yuritish borasida qanday ishlar olib borilmoqda?
Yurtimiz olimpiya sport turlari bo‘yicha qanaqa nufuzli musobaqalarga mezbonlik qiladi?
O‘tgan 3 oy davomida sportchilarimiz olimpiya sport turlari bo‘yicha qancha xalqaro musobaqalarda ishtirok etdi?
Yangi Olimpiya davrida O‘zbekistonda qancha xorijlik murabbiy va mutaxassis ish olib borishi nazarda tutilmoqda?
Sport vazirligi Olimpiya va kompleks musobaqalar dasturiga kiritilgan sport turlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i San’atilla G‘ulomnazarov bilan suhbatimizda ushbu savollarga javob oldik.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/bW6QwwnTi24" title="Sanʼatilla Gʻulomnazarov: “Yangi Olimpiya davrining vazifalari yangi gʻalabalarga poydevor boʻladi”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>To‘lqin Ro‘ziyev, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA