Buxoro viloyati Olot tumanidagi 15-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi yosh avlodni san’atga oshno qilish, ularning estetik didi va ijodiy salohiyatini rivojlantirishda viloyatda namunali bilim dargohlaridan sanaladi.

Mazkur maktab ilk bor 1976 yilda tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan Davlat dasturi doirasida, maktab yangidan qurilib, 2013 yilda zamonaviy qiyofaga ega bo‘ldi.

Bino barcha qulayliklarga ega bo‘lib, 150 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan, 24 ta o‘quv xonasi, 200 o‘rinli konsert zalidan iborat. Maktab barcha zarur musiqa asboblari, tasviriy san’at jihozlari hamda o‘quv-uslubiy vositalar bilan ta’minlandi.

Bugungi kunda maktabda 29 nafar malakali o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ularning 12 nafari oliy ma’lumotli, 10 nafari tugallanmagan oliy ma’lumotli, 7 nafari esa o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lib, musiqa va san’at yo‘nalishlarida yosh avlodga bilim berib kelmoqda.

Maktabda 14 ta yo‘nalish bo‘yicha 210 nafardan ortiq o‘quvchi tahsil olmoqda. 2025–2026 yil o‘quv yilida esa musiqa iste’dodiga ega 61 nafar 1-sinf o‘quvchisi o‘qishga qabul qilindi. Bu esa maktabga bo‘lgan qiziqish yildan-yilga ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilar tuman, viloyat hamda Respublika miqyosdagi ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda. 2024–2025 o‘quv yili davomida 34 nafar o‘quvchi xalqaro va Respublika darajasidagi tanlovlarda qatnashib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston xalq hofizi va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Soyibjon Niyozov ushbu maktabda tahsil olgan. Shuningdek, mashhur san’atkorlar Gulsara G‘oyibova, Tohir G‘oyibov, Mahmud Ochilov, Xayrullo Burangulov, Umidjon Yunusov, Dilshod Umrzoqov ham o‘z san’at yo‘lini aynan ushbu maktabda boshlagan.

Olot tuman 15-son Bolalar musiqa va san’at maktabi bu nafaqat o‘quvchilarga musiqa va tasviriy san’at asoslarini o‘rgatuvchi ta’lim maskani, balki ularning ijodiy tafakkuri, milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini shakllantiruvchi ma’naviyat o‘chog‘idir. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
San’atga oshno qalblar maskani