Taniqli teart va kino aktyori Fatxulla Ma’sudov bu dunyoni tark etganida 57 yoshda edi. Lekin, u o‘zining ijro mahorati va rahbarlik salohiyati bilan o‘zbek san’ati uchun katta ishlarni qilib ketdi. Mustaqilligimizning o‘ttiz yilligi munosabati bilan taqdirlanganlar orasida sevimli aktyorimiz borligi barcha san’at ixlosmandlarini quvontirdi.

Davlatimiz tomonidan iste’dodli aktyor, xalqimizning sevimli san’atkori Fatxulla Ma’sudov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Sevimli aktyorimizning farzandlari Abdulloh Ma’sudov otasining orden bilan mukofotlangani haqidagi xabarni va onasi bilan bo‘lib o‘tgan suhbatni shunday hikoya qiladi.

- Mening otam ham taqdirlanishini kutmagandim. Ko‘chada edim, onam telefon qildilar:

 - Bolam qayerdasan?

- Pastdaman onajon desam, tez uyga chiq, - dedilar. Nimaga desam, ko‘rgim kelayapti seni, - dedilar yana. Uyga chiqqunimcha har-xil xayollarga bordim. Chiqsam yig‘lab o‘tirgan ekanlar. Meni ko‘rib, qaragin deb, telefonni uzatdilar. Qarasam, Ma’sudov Fatxulla Husanovich “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi degan yozuv bor ekan. Ochig‘i biz buni kutmagandik, biz bilmagandik. Mehnatlari haligacha qadrlanayotganiga Prezidentimizga o‘z minnatdorligimizni bildirib qolaman.

Fatxulla Ma’sudovning ijodi O‘zbek Milliy Akademik teatri bilan chambarchas bog‘liq. Chunki, u o‘zining sevimli Milliy teatrida rejissyor yordamchisi bo‘lib ish boshlagan. 1988 yildan esa aktyor sifatida teatr va kinoda faoliyat yuritib turli asar qahramonlarini jonlantirdi. Eng muhimi aktyorlik mahorati va ovozi bilan millionlab muxlislar orttirdi. 

Dublyaj sohasida ham samarali mehnat qildi. Uning o‘ziga xos ovozidan dublyaj rejissyorlari unumli foydalanishgan. Buning natijasida Fatxulla Ma’sudov 500 dan ortiq filmlarga ovoz bergan. Dunyoning mashhur aktyorlari sanalmish Amirxon va Shohruhxon ijrosidagi obrazlarga ovoz berishi orqali kino ixlosmandlari mashhur film qahramonlarini Fatxulla Ma’sudov ovozi orqali yaxshi bilishadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/xb8YgayeN1c" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

- Nafaqat mening otamga balki, barcha marhum san’atkorlarga ko‘rsatilgan hurmat uchun ularning ham oila a’zolari nomidan rahmat aytaman, - deydi Fatxullar Ma’sudovning o‘g‘li Abdulloh.

Sevimli aktyorimizning mehnatlari o‘z vaqtida davlatimiz tomonidan e’tirof etilgan. Chunki, u nafaqat san’atkor balki, jonkuyar tashkilotchi, o‘z xodimlariga mehribon rahbar ham edi. Aktyor 1999 yili “Shuhrat” medali bilan taqdirlanadi. 2003 yili esa “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni beriladi. 2014 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan tadirlangan edi. 

Fidoiylik, o‘z kasbiga sadoqat va xalq xizmatida bo‘lish buyuk va unutilmaydigan fazilat. Mustaqilligimizning o‘ttiz yilligi munosabati bilan Fatxulla Ma’sudovning “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlanishi uning oila a’zolariga, minglab muxlislariga quvonch bag‘ishlagan bo‘lsa ajab emas.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
San’atga baxshida umr (+ video)