Huquqiy davlat barpo etayotganimiz haqida ko‘p gapiramiz. Aslida bu juda olis manzil emas, shunchaki, barcha fuqarolar qonunlarni hurmat qilishi va unga rioya etishi, boshqalarning huquqlarini toptamasligi va har kim o‘z majburiyatini so‘zsiz bajarishi kerak.

Shundagina har bir shaxs huquqiy davlatda yashayotganini his qila boshlaydi. Bizda buning zaruriy sharti bo‘lgan milliy qonuniy asoslar yaratilgan. Faqat ularga amal qilish qoldi, desak ham bo‘ladi. Chunki bizda qonunlarga amal qilishga kelganda oqsash borligi hech kimga sir emas. 

Qonun buzayotganlar orasida esa qonun yaratuvchilar, uni amalda qo‘llovchilar, mansabdorlardan tortib oddiy ishchi yoki bekorchilargacha bor. 

Qonun buzuvchilarning eng yomoni – "samosud" yoki o‘zicha sudlashga jazm etayotganlardir. Ijtimoiy tarmoqlarda aynan shunday holatlar bilan bog‘liq videolarda o‘ta shafqatsizlik, hatto insoniylikdan chiqib ketish holatlari ham ko‘zga tashlanadi. «Samosud» bilan tahdid qiluvchilarni esa gapirmasa ham bo‘ladi. 

Audio-video yozib olish qulay bo‘lgan zamonaviy texnikalar rivojlangani sari turli burchaklarda fasod boylab yotgan yashirin illatlar ham bo‘y ko‘rsata boshladi. Bu diniy ekstremizm bilan bog‘liq bo‘lib, bunday kayfiyatga berilganlarning butun xalqqa qarata namoyishkorona yog‘dirayotgan tahdidlari kishini sal vahimaga soladi. 

Axir biz e’tiqod erkinligi kafolatlangan, har bir shaxs erkin yashash huquqiga ega bo‘lgan jamiyatda yashaymizku?

Yaqindagina tarqalgan videoda shevasidan andijonlik bo‘lgan bir yigit qaysidir parodiyachining chiqishi yoqmagani uchun unga tahdid qilgan. Videoda "ko‘cha va uning qonunlari"ni pesh qilgan.

Bu videoni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari "radikalizm" deb baholagan. Foydalanuvchilardan biri Xonzoda Xoliqova "Samosud qilishmoqchimi bular? Oldingi vaqt emas hozir, tugadi, dedimi? Afg‘onistonda ham bitta bir san’atga aloqador kishini o‘ldirib yuborishgandi. Shu epizod ko‘z oldimga keldi. Vaziyatni to‘liq nazoratga olish kerak", deb yozgan.

Alixon Kenjayev esa "Men bir narsani tushunmayman. Hech kimning e’tiqod erkinligiga hozir qarshilik yo‘q. Lekin nega videodagilarga o‘xshaganlar ko‘payib ketdi yoki imkoniyat berilib noto‘g‘ri ish qilindimikin? Bu ketishda 4-5 yildan keyin nima bo‘ladi? Nega tegishli tashkilotlar bularning tanobini tortib qo‘ymayapti?! Balki mana shu "xo‘rozcha"ning ham tanobini tortib qo‘yishar... Kutamiz, axir biz demokratik sekulyar davlatda yashayapmiz va qonunlarimizda shaxs erkinligi belgilab qo‘yilgan. Berilgan imkoniyat va erkinlikni noto‘g‘ri tushunib, uni oyoqosti qilib, birovning hayotiga zug‘um qilish – ahmoqlikdan boshqa narsa emas. Tushunmayaptimi, arqonni tortish kerak, toki bunaqangi "xo‘rozcha"lar jamiyat qonunlarini hurmat qilishni o‘rgansin!".

Ichki ishlar organlari xodimlari qonunga zid ravishda tarqatilgan bunday videolarga qonuniy baho berib kelmoqda. Ushbu video bo‘yicha ham surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Taassufki, ijtimoiy tarmoqlarda nafaqat tahdid qilish, balki "samosud" qilib, videoga olib tarqatish holatlari ko‘payib bormoqda. 

Ushbu holatlarning aksariyati fuqarolar tomonidan bir-biriga jarohat yetkazish, qiynash, o‘ldirish bilan qo‘rqitish, o‘ldirish va boshqa inson huquqlarini poymol qiluvchi holatlardan iborat.

O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN JAZOLASH...

"Samosud" atamasi aslida "o‘zicha sudlash" degani bo‘lib, bu – huquqbuzarlik sodir etgan yoki huquqbuzarlik sodir etishda gumon qilingan shaxs haqida tegishli davlat organiga xabar qilmasdan, uni o‘zboshimchalik bilan qonunga xilof ravishda jazolashdan iborat harakat hisoblanadi. 

Esingizda bo‘lsa, o‘tgan yili yoz oylarida Parkent tumanida soyda cho‘milgan ayol do‘pposlangani aks etgan video tarqalgan edi. Ushbu holatga ichki ishlar organlari zudlik bilan oydinlik kiritgan. Unda Parkent tumani "Nevich" mahallasida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro M.M. (ayol) mahalla hududidan oqib o‘tuvchi "Qizilsoy"da cho‘milayotgan 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro D.G. (ayol)ning yoniga borib, bu suvdan iste’mol qilishlarini aytib, u bilan janjallashgan. D.G.ning egnida bo‘lgan kiyimlarini zo‘rlik bilan yechib tashlagan. Uni urib-tepib, tan jarohati yetkazgan.

Ayolning harakatlari faqat "samosud" emas, balki unga Jinoyat kodeksining 277-moddasida ko‘rsatilgan bezorilik hamda 140-moddasida ko‘rsatilgan haqorat qilish kabi jinoyat alomatlari ham qo‘shilgan. Shu sababli ushbu ayolga nisbatan yuqoridagi moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yana bir misol: “Telegram” messenjeri orqali bir fuqaroning bo‘yin va qo‘l qismlarini arqon bilan bog‘lagan hamda unga tan jarohati yetkazish alomatlari mavjud ko‘rinishda traktor tirkamasida majburiy ravishda olib ketilayotgani aks etgan video tarqalgan. 

Holatga oydinlik kiritilganda, Navoiy viloyati Qiziltepa tumani "Yangi hayot" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan fermer xo‘jaligida ishchi bo‘lgan S.Sh. mast holda fermer xo‘jaligi rahbari J.N.ni har xil qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlagan. 

J.N. esa ishchisi S.Sh.ning yuzi va tanasining turli joylariga urib-tepgan holda jarohat yetkazib, bo‘ynidan arqon bilan bog‘lab, traktorchi S.N. bilan birga uni fermer xo‘jaligining dala shiyponiga olib borib, qiynoqqa solgan va daraxtga bog‘lab, tashlab ketgan.

Ushbu holat yuzasidan Qiziltepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) va 138-moddasi 1-qismi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmasligi belgilab qo‘yilgan, ya’ni, tegishli sudning qarorisiz birovni aybdor hisoblash ham, jazolash ham mumkin emas.

Bundan tashqari, "o‘zicha sudlash", ya’ni qonun tili bilan aytganda, "o‘zboshimchalik" O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 200-moddasi va Jinoyat kodeksining 229-moddasiga muvofiq, fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlariga, davlat manfaatlari yoki jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yoki ziyon keltirmagan holda sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda jarima bilan jazolanadi. 

Fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 

Ichki ishlar vazirligidan ma’lum qilishicha, "o‘zicha sudlash" O‘zbekiston jinoyat qonunchiligida alohida norma asosida kiritilmagan bo‘lsa-da, uni sodir etgan shaxslar jinoiy qilmish sabab vujudga keladigan oqibatlar asosida javobgarlikka tortiladi. 

Mazkur qilmish Jinoyat kodeksiga alohida noma tariqasida kiritilmaganining sababi, har bir holatning individualligi, motivi, qilmishning ijtimoiy xavfliligidadir. Shu sababli mazkur harakat oqibatida vujudga keladigan jinoyatlarning har biri alohida malakalanadi. 

Xulosa o‘rnida aytib o‘tish kerakki, "samosud"ning ildizi baribir biz oilada, jamiyatda olayotgan tarbiya bilan bog‘liq. Bolaning arzimagan aybi uchun unga turli jazolarni aytib qo‘rqitish ham uning qoniga vahshiylik urug‘ini ekib borishini inkor qilib bo‘lmaydi. 

Yonginamizda bolasiga "falon" qilsang, o‘ldiraman, "piston" qilsang, o‘ldiraman, deydigan onalarni har kuni ko‘ramiz. Bu hammamizga oddiy holdek go‘yo. Ammo bola katta bo‘lib, qulog‘iga, onggiga singib ketgan tushunchani amalda qilmoqchi bo‘lsa yoki qilsa, hayron qolamiz... 

Yaxshisi, tarbiyada aslo adashmaylik. "Nimani eksang, shuni o‘rasan", degan purma’no hikmatni unutmaylik!

Jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalarini, amaldagi qonunlarni mensimayotgan shaxslarga esa murosasiz bo‘lishimiz shart! Har bir qilmish uchun jazo muqarrarligi ta’minlanishi "o‘zini yo‘qotib qo‘yayotgan" shaxslarning ko‘zini ochsa, ajab emas. 

Norgul ABDURAIMOVA, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"SAMOSUD", ya’ni o‘zicha sudlashdek yovvoyi harakat uchun qanday jazo bor?